Get Mystery Box with random crypto!

@dtmuzb_kanal

Logo of telegram channel dtmuzb_kanal — @dtmuzb_kanal D
Logo of telegram channel dtmuzb_kanal — @dtmuzb_kanal
Channel address: @dtmuzb_kanal
Categories: Facts
Language: English
Subscribers: 1
Description from channel

– @dtmuzb_kanal ga hush kelibsiz!
– Bog'lanish uchun: @diyorbeknajmiddinov
– Reklama uchun: @rek_info

Ratings & Reviews

5.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

2

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


The latest Messages 3

2022-04-24 13:29:32 2022/2023-o‘quv yilidan boshlab xotin-qizlar uchun qanday imkoniyatlar bor?

Prezidentimizning tegishli farmoniga muvofiq, 2022/2023-o‘quv yilidan:

oliy ta’lim muassasalarida, texnikum va kollejlarda, sirtqi va kechki ta’limda o‘qiyotgan xotin-qizlar kontraktlarini to‘lash uchun 7 yilga foizsiz kredit berish uchun banklarga budjetdan har yili 1,8 trillion so‘m yo‘naltiriladi;

davlat oliy ta’lim muassasalarida magistraturada o‘qiyotgan barcha xotin-qizlarning kontrakt to‘lovlari qoplab beriladi va bunga har yili kamida 200 milliard so‘m ajratiladi;

xorijiy oliy ta’lim muassasalariga bakalavriat uchun — 50 nafar, magistratura uchun — 10 nafar xotin-qizlarga har yili “El-yurt umidi” jamg‘armasi orqali qo‘shimcha grantlar ajratiladi;

har yili 2 100 nafar ijtimoiy ehtiyojmand oila vakillari, yetim yoki ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan talaba xotin-qizlarning ta’lim kontraktlari mahalliy budjetdan to‘lab beriladi;

mutaxassisligi bo‘yicha kamida 5 yil mehnat stajiga ega, lekin oliy ma’lumotga ega bo‘lmagan 500 nafar xotin-qizlar har yili Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi tavsiyanomalariga asosan davlat oliy ta’lim muassasalariga umumiy kvotadan tashqari alohida test sinovlari natijalariga muvofiq kontrakt asosida o‘qishga qabul qilinadi;

davlat ilmiy tashkilotlari yoki oliy ta’lim muassasalari doktoranturasiga xotin-qizlar uchun har yili kamida 300 tadan maqsadli kvota ajratib boriladi.

Do'stlaringizga ulashing
@dtmuzb_kanal
2.6K viewsedited  10:29
Open / Comment
2022-04-24 11:42:09
Qanday hollarda davlat 50 foizgacha kontrakt pulini to‘lab berishi mumkin?

Kontrakt pulini to‘lash imtiyozlari bo‘yicha ham savollar bo‘lmoqda. Bu masalada qisqacha tushuntirsam, Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 11 mart kunidagi 132-sonli “Yoshlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, mamlakatimizdagi professional va oliy ta’lim muassasalarida ta’lim olayotgan “Temir daftar”ga kiritilgan oilalar farzandlarining, shuningdek, “Yoshlar daftariga” kiritilgan yoshlarning to‘lov-kontrakt summasining 50 foizigacha, ammo BHMning 50 baravaridan oshmagan miqdorda to‘lab berish belgilangan.

BHM – 270 ming so‘m (2021 yil 1 sentyabrdan). 50xBHM=13 500 000 so‘m. Demak shungacha bo‘lgan miqdorda pul to‘lab beriladi.


Agar siz oilangiz “Temir daftar”ga yoki o‘zingiz “Yoshlar daftari”ga kiritilgan bo‘lsa, bu imtiyozdan foydalanasiz.

"Temir daftar"ga Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibga ko‘ra quyidagi oilalar kiritiladi:


ijtimoiy yordamga muhtoj I va II guruh nogironligi bo‘lgan a’zolari mavjud oilalar;

kam ta’minlangan yakka-yolg‘izlar va keksalar;

boquvchisini yo‘qotgan ehtiyojmand oilalar;

ko‘p (4 va undan ortiq) farzandli moddiy ko‘makka muhtoj oilalar;

mehnatga layoqatli ishsiz a’zolari mavjud ehtiyojmand oilalar;

tibbiy yordamga muhtoj ehtiyojmand oilalar (surunkali yoki og‘ir nogironlikka olib keluvchi kasallikka chalingan va nogironlik guruhi belgilanmagan a’zolari mavjud yetarli daromad manbaiga ega bo‘lmagan oilalar);

noturar joylarda istiqomat qilayotgan, o‘zi yoki birgalikda yashovchi oila a’zolarining nomida turar joy bo‘lmagan ehtiyojmand oilalar.

Do'stlaringizga ulashing

@dtmuzb_kanal
2.8K viewsedited  08:42
Open / Comment
2022-04-22 22:44:26
Bugun ramazonning 22-kechasiga yetdingiz.
Musʼhafingizning ipichi, u qayerga yetdi?

Javobni oʻzingizga ovoz chiqarib aytib koʻring.
┉┅━❀ ❀━┅┉
@IkromSharif

Do'stlaringizga ulashing
@dtmuzb_kanal
2.6K views19:44
Open / Comment
2022-04-22 18:30:38
Abituriyentlarga imtiyoz beruvchi yangi test tizimi tasdiqlandi!

«Chet tilini bilish darajasini aniqlash boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentini tasdiqlash toʻgʻrisida» Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori imzolandi. (16.02.2022 yil 73-son)

Endilikda, bakalavr va magistratura bosqichlariga oʻqishga kirishda Cambridge Assessment tashkilotining Linguaskill B2 darajasi imtiyoz beruvchi sertifikatlar qatoriga qoʻshildi. 

Testlar haqida maʼlumot olish uchun Agentlikning barcha hududiy vakilliklariga murojaat etishingiz mumkin.

Xorijiy tillarni oʻrganishni ommalashtirish Agentligi

Abituriyentlarga ulashing!

@DTMUZB_Kanal
2.3K viewsedited  15:30
Open / Comment
2022-04-22 09:57:11
2021/2022 o‘quv yili yakunida 5-6-7-8 hamda 10-sinflarning bosqichli imtihonlari bo‘lmaydi — XTV.

O‘zbekiston maktablarida 9- va 11-sinf o‘quvchilarini yakuniy nazorat imtihonlari 26 maydan 15 iyunga qadar o‘tkaziladi.

Barcha abituriyentlarga ulashing!

@DTMUZB_kanal
5.9K views06:57
Open / Comment
2022-04-22 09:52:31
2022/2023 oʻquv yilidan magistraturada oʻqiydigan barcha xotin-qizlarning kontrakti toʻlab beriladi

Batafsil infografikada

@dtmuzb_kanal
6.6K views06:52
Open / Comment