Oʻzbekistonda nechta oliy taʼlim muassasasi bor? Hozirda (2 | Davlat test markazi | Tezkor Xabarlari
Oʻzbekistonda nechta oliy taʼlim muassasasi bor?
Hozirda (23.11.2021-y. holatiga koʻra) Oʻzbekistonda 152 ta oliy taʼlim muassasasi mavjud. Shundan:
Universitet — 27 ta; Institut — 45 ta; Akademiya — 3 ta; Konservatoriya — 1 ta; Filial — 29 ta; Xorijiy OTM va uning filiallari — 29 ta; Nodavlat (xususiy) OTM — 18 ta.
Davlat oliy taʼlim muassasalari tegishliligi boʻyicha vazirlik va idoralar tasarrufiga biriktirilgan:
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi - 53 ta; Qishloq xo‘jaligi vazirligi - 5 ta; Sog‘liqni saqlash vazirligi - 11 ta; Madaniyat vazirligi - 9 ta; Badiiy akademiya - 1 ta; Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi - 7 ta; Adliya vazirligi - 2 ta; Transport vazirligi - 1 ta; Navoiy kon-metallurgiya kombinati - 2 ta; Tashqi ishlar vazirligi - 1 ta; Din ishlari bo‘yicha qo‘mita - 1 ta; Qurilish vazirligi - 2 ta; Turizm va sport vazirligi - 4 ta; Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi - 3 ta; Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi - 1ta; Davlat soliq qo‘mitasi - 1 ta; Prezident taʼlim muassasalari agentligi - 1 ta.
Ushbu roʻyxatga harbiy va diniy oliy taʼlim muassasalari, jumladan, magistratura mutaxassisliklari tashkil etilgan tashkilotlar kiritilmagan.
👨🎓 Boʻlajak talabalar izlagan kanal. 📌 DTM yangiliklari eng birinchi bizda. 💰 Reklama xizmati: @TG_agentlik. 💰 Murojaat uchun: @Sadulloxon_Fatkhullayev...