Get Mystery Box with random crypto!

Ijtimoiy himoyadagi va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan abituriy | Davlat test markazi | Tezkor Xabarlari

Ijtimoiy himoyadagi va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan abituriyentlar testga kirishdagi toʻlovdan ozod etildi

Prezidentning tegishli farmoniga (PF–113-son, 20.04.2022-y.) koʻra, quyidagi 2 toifa abituriyentlar OTMlarga oʻqishga qabul qilishda oʻtkaziladigan kirish test sinovlarida ishtirok etish uchun undiriladigan toʻlovlardan ozod etildi:

1) “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida roʻyxatga olingan shaxslar va ularning farzandlari;
2) “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlar.

Oʻzi bu qanaqa toʻlov va ilgari kimlar ozod qilingan edi?

2019-yil 14-maydagi PQ-4319-son Prezident qaroriga asosan, test sinovlari tashkil etilayotgan oʻquv yilidan avvalgi yillarda ta’lim muassasalarini tugatgan abituriyentlardan test sinovlarida ishtirok etishi uchun bazaviy hisoblash miqdorining yarim baravari (hozir 135 ming soʻm) miqdorida toʻlov undiriladi.

Demak, test boʻladigan yilda maktab, litsey yoki kollejni tugatganlar toʻlov qilmaydi. Faqat avvalgi yilda tugatganlardan toʻlov olinadi.

Shuningdek, bugungacha 2 ta toifa — nogironligi boʻlgan (I, ll va lll-guruh) yoki toʻliq davlat ta’minotidagi shaxslar (Mehribonlik uyi yoki Bolalar shaharchasi bitiruvchilari) ham test toʻlovidan ozod qilingan edi.

Endilikda avvalgi yillarda tugatgan yuqorida tilga olingan 2 toifadagi abituriyentlar ham toʻlovdan ozod etiladigan boʻldi.

@dtmuzb_xabarlari