Get Mystery Box with random crypto!

Magistraturaga kirish uchun IELTS talabi nafaqat keyingi yilga | Davlat test markazi | Tezkor Xabarlari

Magistraturaga kirish uchun IELTS talabi nafaqat keyingi yilga, umuman olib tashlansa xam roziman!

Bugungi kun muxokama yangiligi - Oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirining magistraturaga kirish uchun chet tili sertifikati boʻlish talabi keyingi yilga surilishi xaqidagi gapi boʻlib turibdi.

Bu 100% aniq gap. Aniq suriladi. Surilmasdan iloji yoʻq. Oxiri oʻylanmagan qaror boʻladi qabul qilinsa. Sababi, Oʻzbekistondan katta extimol bilan xech qaysi oliy ta’lim muassasalari bakalavrlarini IELTS yoki boshqa chet tili sertifikat oladigan darajada bilim berib tayyorlay olmaydi. Xamma IELTS olgan talabalarning asosiy qismi oʻquv markazlar yordamida bu natijaga erishishadi odatda...

Agar IELTS sertifikatim boʻlsa, eng zoʻr sohaga topshiraman!

Oliy ta’lim muassasalarining bakalavrlarini IELTS yoki boshqa chet tili sertifikat oladigan darajada bilim berib tayyorlay olmasligi aslida alohida masala. Vaziyatga boshqa tomondan qarasak, misol tariqasida tibbiyot instituti talabalarini olamiz. IELTS sertifikati bor tibbiyot instituti talabalari oldin xam boʻlgan, keyin ham boʻladi. Ularga bu daraja kelajagi uchun kerak. Qaror uchun emas. Sertifikati boʻlsa eng zoʻr tibbiyot magistratura yoʻnalishlariga, ya’ni urologiya, kardiologiya, nevrologiya, lor kabi stavkasi baland sohalarga xujjat topshiradi.

Tasavvur qiling, endi xamma tibbiyot instituti talabalarida IELTS sertifikati bor va shuncha mehnat qilib natijaga erishgach xamma xam eng yaxshi magistratura yoʻnalishlariga topshirishga xarakat qiladi albatta.

Bu xolatda qolgan, oʻzi shundoq ham kam xujjat topshiriladigan yoʻnalishlar axvoli nima boʻladi? Kim xujjat topshiradi ularga? Magistratura yoʻnalishlari qisqarib ketadimi shunda? Shu vaqtgacha koʻpchilik IELTS i borlar topshiradigan yuqorida keltirilgan stavkasi baland soxalarga IELTSi yoʻqlar topshirishga choʻchishardi. Kirish extimolim past degan fikr boʻlardi. Shu sababli "koʻrpasiga qarab" kirish extimoli kattaroq soxaga topshirib qoʻya qolardi.

Shunchaki, qiziq. Oʻylaymanki, uzoqni oʻylab bitta qarorga kelinadi. Oʻxshamasa kelasi yil oʻzgartiramiz yana deb magistraturaga topshirmoqchi boʻlganlarni "sinov quyonchasi" qilishmaydi. Ba’zi bir soxalar uchungina bunaqa sertifikat talabini qoldirib, qolganlaridan olib tashlash xam yaxshi variant. Lekin barcha yoʻnalishlarga bunday talab qoʻyilishi ortidan bir qator muammolar yuzaga kelish ehtimoli yoʻq emas.

IMXO

@dtmuzb_xabarlari