10 ta OTM Asia University Rankings – 2022 xalqaro reytingida “reporter” maqomiga ega bo'ldi
Buyuk Britaniyaning nufuzli reyting tashkiloti –
Times Higher Education Asia University Rankings – 2022 (Osiyo universitetlar reytingi – 2022) reyting natijalarini e'lon qildi.
Ushbu reyting dunyo bo'yicha har yili Osiyo davlatlaridagi universitetlarni
tadqiqot, ta'lim sifati, xalqaro xilma-xillik, iqtiboslik va sanoat daromadi (bilimlar almashish) bo'yicha baholaydi.
Ro'yxatdan o'rin egallagan
10 ta oliy ta'lim muassasasi THE ning nufuzli reytinglariga kirish uchun nomzod sifatida tan olinib, mazkur yo'nalishda reyting agentligi ularga yaqindan yordam beradi.
Ma'lumot o'rnida, joriy yil ushbu reytingda
829 ta universitet qayd etilib, ular orasida
625 ta o'rin va
200 dan ortiq universitetlar
“reporter”, ya'ni da'vogar universitetlar nominasiyasiga ega bo'lishdi.
@Dtmuzb_xabarlari