🔥 Burn Fat Fast. Discover How! 💪

Ilm tartibida uyqudan kechmoq Har qanday lazzatdan azizu afzal | Easy metodic

Ilm tartibida uyqudan kechmoq
Har qanday lazzatdan azizu afzal.
Tun aro mushkul bir masala yechmoq
Soqiy sharobidan ustun har mahal.

Qalam qitirlashi bir ajib kuydir,
Oshiq shivirlashi unga yetolmas.
Dars o'yi dunyoda munavvar o'ydir,
O'yki, dunyosidan chiqmas, ketolmas.

Bu baxtga orzu-la bo'lmaydi yetib,
Bu baxtning yo'lida xayollar abas.
Bu baxt topilmaydi uyquga ketib,
Bu baxtning badali bedor bo'lish, bas!

"Sahifalar" kitobidan