🔥 Burn Fat Fast. Discover How! 💪

Foydali grammatika Modal Verbs - Modal fe'llar Umumiy ma | English lingoda

Foydali grammatika

Modal Verbs - Modal fe'llar

Umumiy ma'lumotlar

Can - qila olmoq

"Can" modal fe'li - biror qobiliyatga ega, yoki qo'lidan keladigan ishni aytish uchun ishlatiladi. U birlikka ham, ko'plikka ham, hech qanday qo'shimchalarsiz bir xil "can" shaklida ishlatiladi. Misol uchun:

I can swim - men suza olaman.
He can sing - u kuylay oladi.
She can dance - u raqs tusha oladi.
It can
You can run - siz yugura olasiz.
We can pay - biz to'lay olamiz.
They can wait - ular kuta oladilar.

Cannot - qila olmaslik (qisqa shakli "can't")
"Cannot" modal fe'li - biror ishni qila olmasligi nazarda tutiladi. Misol uchun:

I cannot open the door - men eshikni ocha olmayman.
You cannot lie - siz yolg'on gapira olmaysiz.
It cannot fly - bu ucha olmaydi
...va hk.

Have to - majbur bo'lmoq
"Have to" modal fe'li - sharoit tufayli majbur bo'lishga aytiladi. U uchinchi shaxs birlik bilan "has to" shaklida keladi. Misol uchun:

I have to go - men ketishim kerak (shunga majburman)
They have to pay - ular to'lashga majbur.
She has to leave the house - u uydan chiqib ketishga majbur.

Do/Does not have to - majbur emas
"Do/Does not have to" modal fe'li - biror ishni qilmasa ham bo'ladi, deganidir. Ya'ni, buni qilishga majbur emas. Misol uchun:

We do not have to do all tasks - biz hamma vazifani qilishimiz shart emas.
He does not have to work - u ishlashga majbur emas.

@english_lingoda