Get Mystery Box with random crypto!

Bilib qo'ygan yaxshi Lonely va alone so'zlarining farqini ko | English Language

Bilib qo'ygan yaxshi

Lonely va alone so'zlarining farqini ko'p so'rashadi, o'zbek tilida mazkur so'zlar yolg'iz deb tarjima qilinsada, ingliz tilida bir-biridan ancha farq qiladi.

lonely - (ruhan) yolg'iz degan ma'noda qoʻllaniladi.
I often feel lonely if I travel abroad.

lonely soʻzi joyga nisbatan qoʻllanilganda, uzoqdagi, kimsasiz degan ma'no beradi.
Dartmoor is a wild and lonely place.

alone - yolg'iz, bir oʻz(lar)i degan ma'nolarda qoʻllaniladi, lekin ot oldidan uni qo'llash grammatik xato hisoblanadi.
He prefers to be alone. He is the least sociable person in the class.
Leave the children alone.

Quyidagi misol bu soʻzlarning ma'nolarini yanada ochib beradi.
She lives alone and often feels lonely. (U bir oʻzi yashaydi va oʻzini ruhan yoʻlgiz his qiladi)


@English_Uchquduq