Get Mystery Box with random crypto!

#grammar #present_simple Present for the future - Hozirgi | English with Ali | EngUSA

#grammar #present_simple



Present for the future - Hozirgi zamonda kelasi zamon

Ingliz tilida ertaga, kechki payt, birozdan so'ng kabi kelasi zamonni bildiruvchi vaqtlarda nima qilmoqchiligingizni ifodalash yoki shu haqida savol berish "present for the future" deyiladi.

Buning uchun present continuous (davomiy hozirgi zamon) fe'lining "ing" qo'shimchasidan foydalanamiz. Masalan:
| I am playing tennis tomorrow - Men ertaga tennis o'ynayapman (o'ynayman, o'ynamoqchiman).
Demak buning uchun am/is/are ham ishlatiladi.

Savol berishda odatdagidek am/is/are egadan oldinga o'tadi. Masalan:
| Is he going to the cinema on Friday - U juma kuni kinoxonaga ketyapdimi?
| What are you doing tomorrow - Ertaga nima qilmoqchisiz?

Inkor qilish uchun doimgidek "not" qo'shamiz:
| I am not playing football next week - Men keyingi hafta futbol o'ynamayapman.

Kelgusida rejalashtirilgan ish rasman ma'lum vaqtga ega bo'lsa, u holda bunday gap present simple (oddiy hozirgi zamon) usulida yoziladi. Ya'ni, am/is/are qo'yilmaydi, harakat so'ziga "ing" o'rniga "s" qoshiladi. Savol berayotganda do/does ishlatiladi:
| The concert starts at 7:30 - Konsert 7:30 da boshlanadi.
| What time does the train leave? - Poezd qachon jo'nab ketyapdi?


Join:https://t.me/english_with_Ali_USA

Har qanday kitobni topib beradigan botimiz @Finder_Booksbot