🔥 Burn Fat Fast. Discover How! 💪

#interesting 10+1 ta mashxur 'borrowing'lar They/their - q | Ingliz tili o‘zbek tilida

#interesting
10+1 ta mashxur "borrowing"lar

They/their - qadimgi norvegcha "peir" so'zidan.
"they" - ular; "their" - ularning


Person - lotin tilidan "persona" so'zi Avvaliga fransuz tiliga, keyinchalik ingliz tiliga o'zlashtirilgan.
"person" - shaxs


Very - qadimgi fransuz tilidagi "verai" - "true" so'zidan (hozir "vrai") o'zlashtirilgan
"very" - juda


War - bu so'z ham qadimgi fransuz tilidan olingan ("werre").
"war" - urush


Leg - qadimgi norvegchadan kirib kelib ingliz tilidagi "shank" so'zining o'rnini egallagan. Bugungi kunda "shank" odatda hayvonlarga nisbatan ishlatiladi.
"leg" - oyoq; "shank" - hayvon oyog'i

Skin - bu ham qadimgi norvegchadan ingliz tiliga "hide" so'zining o'rnini egallagan. "Hide" so'zi odatda hayvonlarga nisbatan ishlatiladi
"skin" - teri; "hide" - hayvon terisi


Slaughter - qadimgi norvegcha "slatr" so'zidan.
"Slaughter" - so'ymoq


Skipper - nemischa "schipper". Nemislar bilan savdo aloqalari yaxshi bo'lganligi tufayli Dengiz bilan bog’liq ko'p so'zlar nemis tilidan kirib kelgan
"Skipper" - shkiper, kema kapitani


Court - fransuz tilida bu so'z oldin aybdorlar aybiga javob beruvchi qirol qarorgohini anglatgan
"court" - sud; kort


Zero - aslida matematikaga oid bo'lgan ko'p so'zlar arab tilidan kirib kelgan, xuddi "zero" kabi. (matematika ustozim aytishi bo'yicha arab tiliga turkiy tillardan kirib borgan )
"zero" - nol


Bonus so'z
Dollar
- chex tilidan nemischaga, nemis tilidan inglizchaga o'tib kelgan. Asl Ma'nosi: tanga ishlab chiqariladigan zavod

From: uctlanguagecentre.com

#interesting
@englishclub11