🔥 Burn Fat Fast. Discover How! 💪

#long_read Insoniyat har doim hamma narsani o'ziga AEAP (as e | English Improving ✅

#long_read

Insoniyat har doim hamma narsani o'ziga AEAP (as easy as possible), ya'ni iloji boricha oson/soddaroq usulda bo'lishini xohlagan va bunga harakat qilib yashagan va yashaydi (va yashaymiz).

Masalan, so'zlashuvdagi so'z va gaplarda ma'lum tovushlarning tushib qolishi (yoki o'zgarishi). Bunga asosiy sabab bizni o'rab turgan va o'zgartirayotgan har qanday narsa bo'lishi mumkin–texnologiya, jamiyat, qo'shiqlar etc.

E'tibor bersak, bundan 4-5 yoki hatto, 1 asr avvalgi mass media'da tilning (har qanday) qoidalariga to'laqonli amal qilinganini ko'rish mumkin.
AND NOW? HOZIRCHI?

So'zlar tugul, insonlarni ismi ham to'g'ri aytilmaydi. Sheva har bir til rivojlanishi uchun muhim albatta, va barcha tillar uchun o'ta normal, lekin "asalni ham ozi shirin".


Voxma qmaye! Nmayan ozgarardi? Barbr hamma nmani etvotkanmmi 4unvolad onsongina, takshto no problem brat!!!

Da tori, lekin ozi shundog'am buzilib, hamma rus,tojik,ingliz etc. tillarda gapirishni O'zbek tilida gapirishdan ko'ra ustun, (nufuzliroq ) ko'rayotgan, qishloqlardagi shevalarimiz ham yo'q bo'lib ketib, "adabiylashayotgan" bir davrda yashavommz. Xuddiki, Toshkent Moskvaga, Samarqand etc. Dushanbega aylanib qolganday.

A boshqa tillarni ishlatsak, buni nimasi yomon? "Til bilgan el biladi" deb mana shu o'zimizzikilar etib ketishgan-u!

–Yess, to'ppa to'ri, that's what I'm talking about. Ular ham o'sha davrdagi xalqaro tillarni mukammal bilishgan, (IELTS'dan 9.0 daraja kabi).

Lekin, o'z ona tilida ijod qilishgan, uni buzilishiga emas, rivojlanishiga hissa qo'shishgan. Ovro'padagilar tarjima qilib keyin o'qishgan/o'qib kelmoqda. Prikolna da? Biz-chi?

Yana 25 yildan keyingi O'zbek tilini tasavvur qilib ko'ring... scary

Prezidentning xalqaro maydonda ona tilida nutq so'zlashi, tilning nufuziga ham, rivojlanishiga ham ko'rsatadigan ta'siri 0.000000001 ga teng. Barchasi avvalo o'sha tilning haqiqiy egalariga aloqador, directly!


Kn=keyin; bn=bilan; w=sh; 4=ch; 6=o'...

Shumi biz qo'shayotgan "hissa"?

Qisqartmalar, bizga chet tillaridan,asosan ingliz (va rus) tillaridan kirib keldi,ig.


Ingliz tilidan 4ta zamon bilan 300ta so'zni chala o'rganvolib, "your" so'zini "ur" deb (sababi o'qilishi bir xil), "ain't" deb, "dunno" deb yozadiganlarni ko'p kuzataman va ugh... Hali yaxshi o'rganmagan-u, lekin haqiqiy inglizlarga o'xshayman deb, "buzib" yozishni va gapirishni boshlaydi.
Ingliz tilidagi islagan gapni 90%ini buzib yozish mumkin.

Xalqaro tilda bu "SMS" nomi bilan mashxur. Ya'ni "Short Messaging System"= "QXT" (Qisqa xabarlashuv tizimi).
(Masalan "before" so'zini "b4" tarzda yozish, chunki o'qilishi bir xil. B=bi, 4-four. Yoki, Idk-I don't know).

Come on bro, bir ingliz inson bilan Telegram'da yozishayotgandim va "I" ("men" so'zi)ni kichkina qilib "i" deb yozdim, chunki ba'zi nativelar shunday qilganini ko'rgandim). Lekin, men yozgan britaniyalik janob "Capitalize you "i" " and then I will answer" ya'ni "i" harfingni katta harf bilan yoz, keyin aytaman, dedi. Shu payt ko'p narsani tushunib yetgandim.


Hozirda, hatto ba'zi rasmiy OAV vositalari, ko'cha-ko'y, yon atrofimiz chalasavodlikka va chalasavodlarga to'lib ketgan bir paytda, har birimiz o'zimizni, bilim va ko'nikmamizni yaxshilashga harakat qilishimiz kerak. Otherwise, ahvol bizga ko'rigandan ko'ra ancha yomon.

"There's an elephant in the room".


Think about it!


@kbarovich