🔥 Burn Fat Fast. Discover How! 💪

#Useful BOLALARNI O'QISHGA, ILM OLISHGA QIZIQTIRISH USULLA | ENGLISH WITH MR. DANIEL| LEADERS FOR TOMORROW|

#Useful

BOLALARNI O'QISHGA, ILM OLISHGA QIZIQTIRISH USULLARI

Bolalaringizga avvalo o'zingiz o'rnak bo'ling!

E'tibor bering: uning nigohi sizda bo'lganida siz qo'l telefoni yo televizorga sho'ng'ib ketdingizmi Unda boladan nima gina?

• Bolangiz yonida (qiziqmasangizda) kitob, gazeta o'qib turing. Sekin-sekin unda ham qiziqish paydo bo'ladi.

• Unga o'ziga yoqqan kun tartibi tuzishni taklif qiling

Bunda bola ertalab uyg'onib, nonushta qilishidan to uxlashigacha bo'lgan har bir oddiy mashg'uloti uchun o'z xohishiga ko'ra vaqt ajratsin. Albatta, dars uchun ham.

• Bu usul bolani ham tartibga, ham mas'uliyatga o'rganadi.

• Kun tartibini nazorat qiling.

TV ko'rish vaqtini o'yinga almashtirishi mumkin.