Get Mystery Box with random crypto!

IELTS, CEFR, yoki TOEFL? Hozirgi kunda mamlakatimiz va xoriji | English with Mega Ziyo

IELTS, CEFR, yoki TOEFL?

Hozirgi kunda mamlakatimiz va xorijiy davlatlar oʻrtasida madaniy, maʼrifiy va savdo aloqalarining kengayib borishi natijasida farzandlarimizning chet tillarini oʻrganishga boʻlgan ishtiyoqi anchayin ortdi. Bugungi kunda yoshlar IELTS, CEFR yoki TOEFL kabi xalqaro sertifikatlarni qoʻlga kiritish orqali chet elda oʻqish yoki yurtimizda yaxshi ishga joylashishni maqsad qilgan.

Shu oʻrinda sizda savol tugʻilishi mumkin: IELTS, CEFR, TOEFL oʻzi qanday imtihon? Keling, dastlab ushbu baholash tizimlari haqida qisqacha ma'lumot bersak.

IELTS — (International English Language Testing System) — hozirgi kunda 140 dan ortiq mamlakatda 10 mingdan ortiq tashkilot va taʼlim muassasalari tomonidan tan olinadi va eng ishonchli ingliz tili testi sifatida eʼtirof etiladi. IELTS imtihon testi to'rt bosqichdan iborat. Bular: Listening. Reading, Writing, Speaking.

CEFR — (Common European Framework of Reference for Languages — Umumiy Yevropa Til Koʻnikmasi Qolipi) tizimi hozirgi kunda butun Yevropada ishlatiladigan chet tillarini oʻrganish, oʻrgatish va baholashga doir masalalarni oʻz ichiga oladi. Bugungi globallashuv va axborot telekommunikatsiya tizimi jadal rivojlangan davrda CEFR butun dunyo boʻylab keng tatbiq etilmoqda.

TOEFL — (Test of English as a Foreign Language) — ingliz tilida soʻzlashmaydigan davlatlar uchun xalqaro imtihon boʻlib, AQShning Nyu Jersi shtatida joylashgan, Pariston universitetiga qarashli Educational Testing Service (ETS) tashkiloti tomonidan tayyorlangan.

IELTS, TOEFL yoki CEFR sertifikatlarga ega boʻlgan abituriyentlar universitetga qabul qilinish vaqtida chet tili imtihonlaridan ozod qilinadi.

https://t.me/joinchat/SYxd7IgIfFcriO0i