Get Mystery Box with random crypto!

Except yoki Besides nima farqi bor? (a) Except(dan tashqari) | IELTS NINERS TEAM

Except yoki Besides nima farqi bor?

(a) Except(dan tashqari)

Wrong: He doesn’t know any foreign languages besides German
Right: He doesn’t know any foreign languages except German

Except ishlatganimizda shu predlogdan keyin kelayotgan shaxs yoki narsadan tashqari hech narsa mavjud emasligini tushunamiz.
He doesn’t know any foreign languages except German
U nemis tilidan tashqari birorta chet tilini bilmaydi
Ya'ni: U faqat nemis tilin biladi va nemis tilidan tashqari boshqa til yo’q u biladigan. Except de’dingizmi o’sha vaziyatda bitta narsa bo’ladi undan boshqasi bo’maydi

(b) Besides (dan tashqari)

Wrong: He knows two foreign languages expect German
Right: He knows two foreign languages besides German

Besides ishlatganimizda shu predlogdan keyin kelayotgan shaxs yoki narsadan shu vaziyatda yana boshqa shaxs va narsalar mavjud ekanligini va besidesdan keyin kelayotgan shaxs yoki narsalar o’sha bor bo’lgan shaxs yoki narsalarga qo’shimcha bo’layotganini tushunamiz.
He knows two foreign languages besides German
U nemis tilidan tashqari ikkita chet tilini biladi.

U nemis tilini biladi yana qo’shimcha ikkita horijiy tilini ham biladi. Besides – “dan tashqari ya’na” degandek ma’no beradi

Bu ikki predlogni uzbek tiliga tarjimasi bir xil bo’lsa ham ammo ikki xil ma’no beradi.

QOIDA: Except nimanidir safdan chiqarishni, besides safga kirgizish, qo’shimcha qilishni bildiradi.

Eslatma: Tasavvur qiling bitta sinfda 30ta bola bor. Agarda sinfdagi 29ta bola hayvonot bog’iga borayotgan bo’lsa, lekin Sobir bormayotgan bo’lsa. Biz buni: The whole class is going, except Sobir. – Sobirdan tashqari butun gruppa boryabdi.(bitta Sobir bormayabdi)
Agar boshqa guruhdan Akmal ham borayotgan bo’lsa, biz buni : Besides the class, Akmal is also going. – Sinifdan tashqari, Akmal ham boryabdi(sinf boryabdi qo’shimchasiga Akmal ham)

Bu ikki misolga yaxshilab e'tibor bering
He doesn’t know any foreign languages except German – U nemis tilidan tashqari birorta chet tilini bilmaydi. (bitta nemis tilini biladi)
He knows two foreign languages besides German – U nemis tilidan tashqari ikkita chet tilini biladi (u nemis tilini biladi yana qo'shimcha 2ta tilni biladi)

▬▬▬▬▬▬▬▬▬▬▬▬

Do'stlarga ulashishni unutmang!

@EssayIELTS