Get Mystery Box with random crypto!

Grammar time Let's (Let us) iborasi o'zbek tiliga 'Keling | IELTS NINERS TEAM

Grammar time

Let's (Let us) iborasi o'zbek tiliga 'Keling!' deb biror narsani qilishni taklif qilganda ishlatilinadi. Let's o'zidan keyin bare infinitive (to siz fe'lning birinchi shakli, xech qanday qo'shimchasiz) oladi

I'm hungry so let's eat something

Mening qornim ochdi shuning uchun keling biror nima
yeb olamiz

Let's iborasining inkor shakli (negative form) "Let's not" yoki "Don't let's" ko'rinishida bo'ladi.

Let's not go outside today
= Don't let's go outside today

Keling bugun tashqariga chiqmaymiz

Bundan tashqari biz
Do ko'makchi fe'lini "Let's" iborasidan oldin ishlatib gapimizga urg'u berishimiz mumkin.

Do let's get started. We've wasted enought time already.

Keling boshlayqolamiz. Biz allaqachon yetarlicha vaqtni behuda sarflab bo'ldik!

▬▬▬▬▬▬▬▬▬▬▬▬

Do'stlarga ulashishni unutmang!

@EssayIELTS