🔥 Burn Fat Fast. Discover How! 💪

EVEREST media jamoasi to'rt manzilimizda har kuni uch smenada | EVEREST OFFICIAL 🏔🚀

EVEREST media jamoasi to'rt manzilimizda har kuni uch smenada tashkil qilinadigan mock imtihonlari haqida mana bu crative rolikni tayyorlashibdi, azizlar!

Birinchidan, SMM TEAM a'zolari - Fozil, Shaxboz, Saidkamol va Muxtasarlarga komanda nomidan minnatdorchilik bildirmoqchimiz! Qilayotgan mehnatlaringiz EVEREST va EVERESTER shogirdlarimizga juda manfaatli bo'lmoqda! Ko'p savobli ish qilmoqdasizlar, baraka topinglar!

Rolikka keladigan bo'lsak, u tochkasiga urgan! Uyda qilinadigan practice har doim ham samarali bo'lavermaydi, do'stlar! Qat'iy vaqt chegaralariga rioya qilish naryoqda tursin, oddiy sub-testlar ketma-ketligi yoki practicelar to'liqligini ham ta'minlab bera olisholmaydi kandidatlar, odatda!

Eng yomoni, faqat Listening yoki Reading qilib cheklanishadi va tekshirish jarayonida o'zlarini ortiqcha podderjka qilib yuborishadi! Bu overall va alohida skillar bo'yicha natijani obyektiv bo'lmay qolishiga olib keladi! Bunday practice qilib esa haqiqiy imtihonda yuqori natija qayd etish qiyin!

Aslida, EVEREST MOCK EXAMS o'quvchilarimiz uyda qilib keladigan practicelariga ishonchimiz so'nganida va ko'z o'ngimizda to'liq nazorat ostida bolalarni ishlashga majbur qilishimiz kerak ekanligini tushunganimizda paydo bo'lgan! Xozir esa u shogirdlarimizni haqiqiy imtihonlariga tayyorlash jarayoni ajralmas bir qismiga aylandi! Yuqoridagi bomba natijalarga ham aynan MOCK EXAMS roli katta!

Xullas, o'quv yili tugab bormoqda! IELTS uchun practice testlarga jiddiy yondashadigan vaqt keldi, azizlar! EVERESTda yaratilgan infratuzilma esa bunda sizga yordam beradi! Mocklarga registratsiya qiling!

Xozirda, daily mock exams EVEREST quyidagi manzillarida tashkil qilinmoqda:
EVEREST DRUJBA
EVEREST INTEGRO
EVEREST ALISHER NAVOIY
EVEREST YUNUSOBOD

Ularni quyidagi to'rt jadval asosida har kuni topshirish mumkin:
morning sessions: 9.00-13.00
afternoon sessions: 14.30-18.30
evening sessions: 18.30-22.30


Rasmiy mock kanalimiz: @mockateverest

Instagram | Telegram | YouTube
Manzils |Textbooks |MockExams