🔥 Burn Fat Fast. Discover How! 💪

UCHINCHI SAVOL - previous post continued! Ikkinchidan, biz EV | EVEREST OFFICIAL 🏔🚀

UCHINCHI SAVOL - previous post continued!

Ikkinchidan, biz EVEREST JAHON TILLARI manzilimizni barcha xozirgi va kelajakdagi yangi manzillarimiz va boshqa loyihalarimiz uchun kadrlar va ta'lim programmalari tayyorlab beruvchi hubga aylantirmoqchimiz, azizlar!

Boshqa loyihalar deganda esa, ochilajak yangi manzillar bilan bir qatorda EVEREST KIDS, EVEREST SCHOOLS, EVEREST UZBEKISTAN (viloyatlardagi manzillarimiz) va EVEREST UNIVERSITY loyihalari nazarda tutilmoqda!

Ushbu branch barcha manzil va loyihalarimiz uchun ishga jalb qilinayotgan yangi kadrlar malakasini oshirish, ularni bo'lajak poziciyalariga mukammal tayyorlash va hattoki ishlab turgan kadrlar malakasini oshirish kabi strategik muhim vazifani bajaradi! Va, aynan mana shu manzilda biz mavjud tizimni takomillashtiramiz va yaxlit kadrlar tayyorlash tizimini yaratib boramiz va EVEREST ta'lim programmasini muntazam yaxshilab boramiz, in shaa Alloh!

Hattoki, EVEREST PRINT ham aynan shu manzilimizda faoliyatini boshlaydi va to'liq tizimga tushadi, nasib! Sababi, EVEREST o'z darslarida foydalanayotgan kitoblar o'quv jarayonlariga neposredstvenno bog'liq bo'lgan doim!

Xullas, tajribali va yosh kadrlarimiz uchrashadigan, yangi kadrlar o'sib ulg'ayadigan, EVEREST yillik syllabusi shakllanadigan resarch labaratoriyaga aylantiramiz, Xudo xohlasa!

EVEREST kadrlar masalasida har doim yuksak natija qayd etgan o'z bitiruvchilariga tayangan va kelajakda ham bu mexanizm saqlanib qoladi! Bitiruvchilarimiz ustoz bo'lishlaridan oldin odatda suhbatdan o'tadilar, staff traininglarda qatnashadilar va apprenticeship programda ishtirok etadilar! Ustoz bo'lganlaridan so'ng esa xalqaro mutaxassislar tomonidan tashkil qilinadigan mahorat darslari va traininglarda muntazam qatnashadilar! Ushbu manzilimiz esa aynan shu mavjud tizimni keyingi levelga olib chiqish bilan shug'ullanadi!

P.S. Supergeroylar tarbiyalaydigan, ularga qurol-aslahalar tayyorlab beradigan, supergeroyskiy kostyum tikib beradigan va ular superpowerlarini to'g'ri napravit qilib beradigan afsonaviy manzilimiz bo'ladi, nasib!

Ishonavering, bunaqa tizim xozirda faqat EVERESTda mavjud i biz uni yanada kuchaytimoqchimiz! Qolganlar faqat ko'chadan kadr jalb qilish bilan ovvora, reklamalari aylanib yotadiku "Bizga siz keraksiz" degan, hehe! Bu eng katta kamchilik aslida, hamma tavakkal bilgan kuyini chalib yotadigan tizim u, orkestrni hech kim dirijirovat qilmaydi! Natija pastligi tugul, total chaosni keltirib chiqaradida e xullas unaqa qilish!

@urokovkhurshid

Instagram | Telegram | YouTube
Manzils |Textbooks |MockExams