🔥 Burn Fat Fast. Discover How! 💪

EVEREST OFFICIAL 🏔🚀

Logo of telegram channel everestofficial — EVEREST OFFICIAL 🏔🚀 E
Logo of telegram channel everestofficial — EVEREST OFFICIAL 🏔🚀
Channel address: @everestofficial
Categories: Education
Language: English
Subscribers: 19.77K
Description from channel

🏔 EVEREST - Natija va ta'lim sifati bo'yicha O'zbekiston birinchi raqamli o'quv markazi!
🚀 2019, 2020, 2021 va 2022 Yil Brendi!🏆
🚀 Toshkentda 19 manzil: @everestmanzillari
@everestmanzillaribot
🚀 @mockateverest
🚀 @everest_kids
🚀 @everestgoglobal

Ratings & Reviews

5.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

3

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


aripjonov_m
aripjonov_m

Everest is the best


The latest Messages 228

2021-03-24 02:37:16
USHBU OYLIK BLOK TESTIMIZ VA BARCHA KELAJAKDAGI BLOK TESTLAR, EVERESTNING BARCHA FILIALLARIDA ALOHIDA TARZDA AMMO BIR KUN, VAQT VA BIR XIL MATERIALLARDAN FOYDALANGAN HOLDA TASHKIL QILINADI!

1) Testda qatnashishdan oldin barcha shaxsiy buyumlaringizni alohida ajratilgan xonada qoldirasiz!

2) Har bir imtihon tashkil qilinadigan auditoriyamiz eshigi yonida, o'sha auditoriyada imtihon topshirishi kerak bo'lgan abituriyentlar ro'yhayi osib qo'yilgan turadi! O'sha ro'yhatlardan o'z ismingizni topib, imtihon topshiradigan auditoriyangizni aniqlaysiz!

3) Auditoriyaga kirgach partalar ustiga sizning ism familiyangiz yozilgan variantni qidirasiz va nihoyat siz uchun ajratilgan o'rindiqni topasiz va testlarni yecha boshlaysiz!

4) Test jarayonida bizning imtihon oluvchi mutaxassislarimiz va qolaversa kuzatuv kameralarining to'liq nazorati ostida bo'lasizlar!

5) Imtihon mobaynida nojo'ya harakat qilgan holatingizda, bizning nazoratchilarimiz sizni imtihondan chetlashtirish huquqiga ega bo'ladilar!

@everestofficial
2.8K viewsedited  23:37
Open / Comment
2021-03-24 02:37:16
OYLIK BLOK TESTIMIZNI imtihon sharoitiga maksimal darajada yaqin qilish maqsadida, shu ko'rinishdagi TEST VARAQALARI tayyorladik - ular har bir yo'nalish uchun alohida rang va mos fanlardan testlarga ega!

EVEREST o'zining o'ta kuchli va har biri kamida 5 yildan 15 yligacha tajribaga ega ABITURIYENT TAYYORLOV JAMOASIGA ega! Toshkent shaxridagi eng kuchli mutahassislardan iborat desak ham mubolag'a bo'lmaydi!

Ushbu testlar, yuqorida ta'kidlangan mutahassislarimiz tomonidan sinchkovlik bilan tayyorlangan va DTM saviyasiga deyarli 100% yaqinlashtirilgan!

Blok testimiz sohalar bo'yicha quyidagi asosiy fanlar va uchta majburiy fandan tashkil qilinadi:
IQTISODIYOT - Matematika, Ingliz Tili;
IJTIMOIY - Tarix, Ona Tili va Adabiyoti;
TEXNIKA - Matematika, Fizika;
TIBBIYOT - Kimyo, Biologiya;
bundan tashqari YEVRO POTOKchilar uchun Русский Язык и Литература;

Ushbu OYLIK TEST, maksimal darajada ko'tarinki kayfiyatda o'tishi va sizda kuchli taasurot qoldirishi uchun harakat qilmoqdamiz qisqasi :)!

@everestofficial
3.0K viewsedited  23:37
Open / Comment
2021-03-24 02:34:36
Xurmatli EVEREST talabalari, ayniqsa EVERESTER ABITURIYENTLARI! Siz uchun ajoyib yangilik!

28 - MART, YAKSHANBA, soat 9.30da markazimiz barcha filiallarida OYLIK BLOK TEST tashkil qilinadi, barcha bloklar bo'yicha 5ta fandan ya'ni 3 majburiy va 2 mutxassislik fanidan DTM saviyasidagi va mos imtixon formatidagi testni topshirishingiz mumkin!

Blok testimiz:
IQTISODIYOT
IJTIMOIY
TEXNIKA
TIBBIYOT
yo'nalishlaridan tashkil qilinadi!

Qanaqa guruhlarimizda o'qishingizdan qat'iy nazar ushbu testda qatnashishga haqqingiz bor! Markazimizda tahsil olmaydigan boshqa o'quv markazlarida o'qiydigan abituriyentlarni ham taklif qilishingiz mumkin ushbu testga!

Imkoniyatni qo'ldan boy bermang! Imtihon sharoitiga mos atmosfera markazda yaratib beriladi va haqiqiy imtixon shaklini va tartibini his qilasiz!

OYLIK TEST NARXI: 10 000 UZS
To'lovni oldindan amalga oshirish tavsiya qilinadi!

Oldindan o'zingiz tahsil olayotgan yoki sizga eng yaqin manzilimiz qabulxonasida registratsiya qilishingiz shart bo'ladi!

@everestofficial
3.7K viewsedited  23:34
Open / Comment
2021-03-22 04:44:24 Endi barchaga UCHTA o'ta muhim faktni yetqazib qo'ysak!

"EVERESTER BO'LING!!! TANLOVDA ADASHMANG" - degan da'vat ohanggidagi sloganimizni, biz faqat o'z biznes interesimiz uchun hosil qilmaganmiz, azizlar! Buni auditoriya raz i navsegda tushunib olishini istardim!

Birinchidan, biz xozirdagi abituriyent tayyorlash, til o'rgatish va IELTS imtihonlariga tayyorlov kurslari O'zbekiston bozoridagi nohaqliklar, tovlamachiliklar va ikki-yuzlamachiliklarni ko'rib turibmiz! 30 kunda 0dan IELTS overall 6.0, mo'jizaviy kitoblar, bo'lar bo'lmas tadbirlar va multfilm interyer bilan bolalarni chalg'itish, ismidan uyaladigan mazharabozlar va boshqalar shular jumlasidandir! Bizning yoshlarimiz har-xil firibgarlar qo'lida harob bo'lishlariga yo'l qo'ymaslik bizning fuqarolik burchimizdir!

Ikkinchidan, biz 14 yillik faoliyat tajribamiz mobaynida, markazga oddiygina bola yoki qiz bo'lib kelib, avvalo o'zining va bizning mehnatimiz bilan yuqori natija qilgan va keyinchalik hayotida ijobiy burilish qilib, katta biznes egalari, mansabdor shaxslar va eng muhimi O'zbekistonimizning haqiqiy fodoiylariga aylangan va aylanayotgan yoshlarni tarbiyalab bilganmiz! Sizga ham shuni ravo ko'ramiz!

Uchinchidan, EVEREST JAMOASINI to'g'ridan-to'g'ri shakllantiruvchi mas'ul shaxs sifatda sizga shuni aniq qilib yetqizmoqchimanki, bu jamoada biz bilim salohiyati yuksakligi tufayli osonlikcha chet el grantlarini yutib O'zbekistonimizdan ketishi mumkin bo'lgan o'ta kuchli kadrlarni jamlaganmiz! Amerika va Yevropa universitetlarida tahsil olgan inson sifatida sizni ishontirib aytamanki bu bizning eng katta yutug'imiz! Men bu yoshlarni O'zbekistonimiz rivojiga xozirda hissa qo'shayotganidan va kelajakda ham biz tufayli bu hayrli ishni davom ettirishlaridan, fahrlanaman! Bu jamoa o'ta humble, lekin har biri yaqin kelajaka sizu-bizning hayotimizni upgrade qila oladigan superpowerga ega! Hali hammasini guvohi bo'lasiz, Alloh nasib qilgan bo'lsa!

Yuqoridagi postlar yuzasidan sizda har qanaqa taklif, tanqidiy fikr yoki prosto motivatsion feed bo'lsa, kaminaga to'g'ridan-to'g'ri murojaat qilavering! Kommentlarda laqillamang, duxingiz yetsin meni o'zimga lichno murojaat qilishga! I more than welcome a constructive talk, my friends! :)

Yours faithfully,
@urokovkhurshid

NEVER SETTLE!!!
SKY IS NO LIMIT!!!
BECOME AN EVERESTER!!!
@everestofficial
3.6K viewsedited  01:44
Open / Comment
2021-03-22 04:39:33 EVEREST XOZIRDA TOSHKENT SHAXRIDA TO'RTTA MANZILDA FAOLIYAT YURITMOQDA:

EVEREST XALQLAR DO'STLIGI:
(95)1448070
(95)1448570
(94)6013282
@muhabbateverest

EVEREST NOVZA:
(95)1445040
(90)9820108
@shuxraturokov

EVEREST ALISHER NAVOIY:
(95)1446040
(90)9304484
@sabomalikova

EVEREST CHILONZOR-INTEGRO:
(95)1445020
(95)1445030
(93)7911011
@khamidov_murodbek

E'lonlar va yangiliklar uchun rasmiy telegram kanalimiz: @everestofficial
Muhokamar va savollar uchun guruhimiz: @everestdiscussion

EVERESTda qabul har bir manzilimizda, har kuni 9:00dan 20:00gacha, Yakshanba kunlari esa 11.00dan 18.00gacha faoliyat yuritadi!

Tashrif buyurganingizda qabulxona xodimlari test va suhbat qilib sizning darajangizga mos guruhga, o'zingizga qulay vaqtda sinov darsiga chaqirishadi! Siznining asl darajangizni IELTS imtixonidan yuqori ball olgan bizning qabulxona xodimlarimiz aniqlashadi, ularning asl nusxadagi IELTS sertifikati har bir qabulxonamizda osilgan turadi!


@everestofficial
2.4K viewsedited  01:39
Open / Comment
2021-03-22 04:36:29 VI. EVEREST USTOZLARI VA DARS JARAYONLARI HAQIDA:

Birinchidan, markazimiz abituriyent tayyorlov jamoasi kamida 5 yildan 15 yilgacha faqat abituriyent tayyorlov tajribasiga ega Respublikaning eng sara mutaxassislaridan iborat! Ularning barchasi o'z yuqori statusiga ega va o'quvchilar asosan ikki yoki uch hafta mobaynida waiting listda kutib ularni guruhlariga joylashadilar! Shu tufayli ham biz unchalikam ushbu kurslarimizni baqirib reklama qilib o'tirmaymiz!

Ikkinchidan, Rus tili o'qituvchilarimizning deyarli barchasi Rus tilini o'z ona tilisi sifatida biladi ya'ni haqiqiy nositel yazika va tilni to'g'ri tarzda his etib va tushunib o'rgatadi! Ishoning tajriba va diplomdan ham muhimroq faktor bu! Muhimi, o'zbek bo'lmagan millatga hos bo'lsalarda, ular o'zbek tilini ham yaxshi bilishadi va bu albatta o'quvchilar Rus tilini o'zlashtirishlarini yengillashtiruvchi faktor bo'lib xizmat qiladi!

Uchinchidan, barcha Koreys tili o'qituvchilarimizda kamida TOPIK 5 sertifikati mavjud va ular har biri Janubiy Koreya Respublikasida tahsil olib qaytishgan!

To'rtinchidan, EVEREST IELTS instruktorlari va Ingliz tili o'qituvchilarining 99%i bizning bitiruvchilar bo'lib ular kamida overall 7.0dan 8.5 IELTS band scoregacha shaxsiy natijaga egadirlar! Ular haqiqiy EVERESTER SPIRITda tahsil olgan va ham insoniy ham professional jihatdan tarbiyalangan va toblangan fidoiy kadrlardir!

Beshinchidan, bizda ustoz natijasini yashirish yoki sohtalashtirish yo'q! Har bir manzilimizda OUR TEAM OF PROFESSIONALS burchagi tashkil qilingan va u yerda siz barcha ustozlarning haqiqiy IELTS sertifikati bilan tanishib chiqishingiz mumkin! Bundan tashqari har bir o'qituvchi xonasining eshigi oldida barcha IELTS sertifikatlari va xonasi ichkarisida authentic IELTS sertifikatlari osilib turadi! Oqituvchilarimizning qolgan sifatlari haqida kelganingizda bilib olasiz ;);

Oltinchidan, darslarimizni maksimal tarzda effective bo'lishi uchun qattiq harakat qilganmiz va mayda chuydalargacha hisobga olib chiqqanmiz! Bizda kabinet tizimi yo'q misol uchun! Ya'ni, hali bir ustoz darsini maromiga yetqizib tugatmasidan ikkinchisi eshikni taqillatib o'tirmaydi, hehehehe! Bundan tashqari, 50ka yaqin criteriaga ega check-list bo'yicha dars sifatini ta'minlab berishadi ustozlarimiz!

Yettinchidan,  bizda yillar bilan sinalgan dars o'tish tizimi va metodikasi mavjud! Xullas, ustozlar hech qachon improvizatsiya qilib dars o'tishmaydi, darslarga to'g'ri tayyorgarlik ko'rib bolaga iloji boricha ko'p informatsiya berishga harakat qilishadi, soatga 80 marta qarab 1 soat dars o'tib debat qilinglar endi vaqt tugaguncha deb qo'ylanishmaydi!

Sakkizinchidan, darslar guruh darajasiga qarab kamida 2 soatdan 3 soatgacha tashkil qilinadi! Bitiruvchi guruhlarimizga, tekinga ikki karra dars qo'yib beramiz! Hattoki ertalabgacha bolani Speaking va Writingini yaxshilash uchun BEPUL shug'ullanadigan ustozlar vor bizda! Bir yarim soatlik darslar JOKE ekanligini, na o'quvchi va na o'qituvchi bu vaqt oralig'ida hech nimaga erisha olmasligini allaqachon tushunib yetganmiz, karoche!

To'qqizinchidan, yana sakson sakkizta bunaqa bizni NUMBER ONE LEARNING CENTER IN THE REPUBLICka aylantirgan va inshaAlloh shunaqa tarzida ushlab turadigan faktorlarni sanab soatlab o'tirsa bo'ladi, hehehe! Hamma kartalarni ochib tashlamaylik! Keling ko'ring, xullas! Yoki qachondir baribir kelasiz, :)))!


@everestofficial
2.3K views01:36
Open / Comment
2021-03-22 04:31:18 V. EVERESDAGI JORIY NARX SIYOSATI BORASIDAGI SIZ BILISHINGIZ KERAK BO'LGAN BA'ZI FAKTLAR:

Birinchidan, EVERESTda tashkil qilingan kurslar uchun joriy narx preyskuranti 2019 yil Sentyabr oyida belgilangan bo'lib, biz pandemiya sharoitida mamlakatimiz ahlini to'lov qobiliyati yomonlashganini hisobga olgan holda shu kungacha uni o'zgartirmasdan, qimmatlashtirmasdan saqlab kelmoqdamiz;

Ikkinchidan, bizda oldindan uch, olti yoki bir yillik majburiy to'lov tizimi yo'q! Har bir tahsil oluvchi har bir tahsil olgan oyi uchun oyma-oy to'lov amalga oshiradi;

Uchinchidan, to'lov tizimimiz ham on-line ham off-line bo'lgan barcha to'lov imkoniyatlarini qamrab olgan;

To'rtinchidan, EVERESTDA o'ndan oshiq faktor, kriteriyni o'z ichiga oluvchi va mijoz to'lov qobiliyatini yengillashtiruvchi CHEGIRMALAR TIZIMI mavjud. Masalan, bitta oiladan ikkita yoki uchta qondosh aka-uka, opa-singillar tahsil olishsa, ularning har biriga umumiy to'lov summasidan 10%lik chegirma taqdim etiladi; Shunga o'xshash boshqa ko'p sonli chegirma kategoriyalari bizda mavjud; Ular haqida EVEREST har qanday manziliga tashrif buyurganingizda to'liq ma'lumot olasiz!


@everestofficial
2.1K views01:31
Open / Comment
2021-03-22 04:28:03 IV. EVEREST MOCK EXAMS HAQIDA:
(will be covered soon)
2.1K viewsedited  01:28
Open / Comment
2021-03-22 04:26:46 III. EVERESTDA IELTS IMTIHONINI TOPSHIRISH ISTAGIDA BO'LGANLAR UCHUN TASHKIL QILINGAN KURSLAR HAQIDA:

EVERESTDA JAMI 6TA IELTS LEVELI MAVJUD:
1 - BEGINNER;
2 - ELEMENTARY;
3 - PRE-IELTS - estimated end results of overall 5.0/5.5/6.0/6.5 bands;
4 - IELTS INTRODUCTION - estimated end results of overall 5.5/6.0/6.5/7.0 bands;
5 - IELTS FOUNDATION - estimated end results of overall 6.0/6.5/7.0/7.5 bands;
6 - IELTS GRADUATION - estimated end results of overall 6.5/7.0/7.5/8.0 bands;

Eslatib o'tamiz:

Birinchidan, yuqoridagi barcha estimated overall band scorelarni yuqoridagi darajalarni bitirgan haqiqiy EVERESTER natijalariga asoslangan holda belgilaganmiz, biz asossizlikdan yiroqmiz;

Ikkinchidan, har bir daraja uchun belgilangan maksimal estimated scorelarimizdan ancha yuqori natija qilgan EVERESTERlar ham mavjud, lekin sanoqli holatlarni oriyentir qilib olish neob'yektiv ekanligi va uni mo'ljal qilib reklama qilish firibgarlikka juda yaqin ekanligini hamma bilishi kerak;

Uchinchidan, EVERESTDA GENERAL ENGLISH yo'q va hattoki BEGINNER VA ELEMENTARY level darslarimiz ham PRE-IELTS levellari hisoblanadi. Misol uchun, Beginner darajasidagi shogirdlarimizga ham IELTS SPEAKING PART ONE yoki READING TRUE/FALSE/NG kabi mavzular qamrab beriladi! Ashula eshittirib, o'yin o'ynatib darsda bolani aldab, maynavozchilik qilmaymiz, xullas!

To'rtinchidan, siz boshqa o'quv markazida o'qigan darajangiz EVEREST levellariga mutlaqo nomutanosib sababi barcha levellarni IELTS imtihoniga mos ravishda tizimlaganmiz va darajalaganmiz! Boshqa joyda Intermediate o'qib kelganlar ham ba'zan bizning Elememtary darajamizga tushishadi, masalan;

Beshinchidan, bitta guruhda, bitta miqdordagi informatsiyani olib, bir hil vaqt mobaynida o'qib, bitta potokda bitirib IELTS topshirganida ham 6.0 ham 8.0 oladigan shogirdlarimiz bo'lgan! Endi siz o'z natijangiz qanaqa bo'lishi borasida xulosa qilib ko'ring!

IELTS KURSLARI DAVOMIYLIGI:
Har bir darajamiz 3-3.5 oy davom etishi mo'ljallangan! Ammo, ba'zan yarim oy oldin yoki keyin darajalar tugashi ehtimoli ham mavjud! Bu guruhlardagi barcha tahsil oluvchilarning to'liq o'zlashtirishi va guruhlarda o'qilayotgan darajadan so'ng haqiqiy IELTS imtihonini topshiruvchilarning soniga bog'liq tarzida bo'ladi;

IELTS KURSLARI UCHUN OYLIK TO'LOVI:
Dastlabki ikkita - BEGINNER va ELEMENTARY levellar uchun narx oyiga 299 000 UZS;
Uchinchi - PRE-IELTS leveli uchun narx oyiga 349 000 UZS;
Oxirgi uchta IELTS INTRODUCTION, FOUNDATION VA GRADUATION levellari uchun narx oyiga 399 000 UZS qilib belgilangan!


@everestofficial
2.2K views01:26
Open / Comment
2021-03-22 03:43:08 II. EVEREST RUS VA KOREYS TILLARI KURSLARI HAQIDA:

Bizda Ingliz tilidan tashqari faqat Rus va Koreys tillaridan kurslar tashkil qilingan!

Rus tilida so'zlashuv kurslarimiz har biri uch oydan davom etuvchi to'rt darajadan iborat:
1 - Начальный;
2 - Продолжающий;
3 - Продвинутый;
4 - Академический Русский.

Barcha EVEREST manzillarida Rus tilidan mukammal chig'iriqdan o'tgan professionallar dars o'tishadi va ushbu kurslarimiz narxi barcha darajalari uchun oyiga 349 000 UZSni tashkil qiladi;

Koreys tili ham har biri uch oydan davom etuvchi dastlabki uch daraja va TOPIK kurslaridan iborat bo'ladi! Koreys tili uchun ham narx siyosati Rus tili bilan bir xil ammo faqat so'ngi TOPIK kursi uchun oyiga 399 000 UZSdan to'lov amalga oshirishingiz kerak bo'ladi!


@everestofficial
2.3K views00:43
Open / Comment