🔥 Burn Fat Fast. Discover How! 💪

Oʻzbekistonning internet tezligi boʻyicha jahon reytingidagi o | FAKTBU

Oʻzbekistonning internet tezligi boʻyicha jahon reytingidagi o'rni yaxshilandi

Ookla kompaniyasi Speedtest.net servisi 2021-yil aprel oyi natijalariga oid yangi maʼlumotlarni eʼlon qildi. Unga koʻra, Oʻzbekistonning mobil internet tezligi yaxshilanganligi qayd etildi.

Taʼkidlash kerakki, bir yil ichida Oʻzbekiston simli internet tezligi boʻyicha 1,5 barobarga  oʻsganligi qayd etildi. Soʻnggi uch yil ichida, Oʻzbekistonda simli internet tezligi uch barobarga oʻsdi.

Mobil internet tezligi boʻyicha ham ijobiy koʻrsatkichlar qayd etildi, ya’ni joriy yil aprel oyi natijalariga koʻra, Oʻzbekiston yana toʻrtta pogʻonaga koʻtarildi. Soʻnggi yillarda mamlakatimizda mobil internet tezligi 9,68 Mbit/s dan 17,28 Mbit/s gacha oʻsdi. Bir yil ichida ushbu koʻrsatkich 78,5 foizga koʻtarilgan.

@FAKTBU7