Get Mystery Box with random crypto!

Assalomu aleykum, hurmatli fizika ixlosmandlari! Mana 2020-y | FIZIKA MAKTABI

Assalomu aleykum, hurmatli fizika ixlosmandlari!

Mana 2020-yilning ham so'nggi soatlari, daqiqalari o'tib bormoqda. Yaqinlashib kelayotgan yangi yil biz fiziklar uchun ko'p narsani va'da qilayotgandek. Yangi yil nafaqat fiziklarga balki butun insoniyatga omadli kelsin! Kelayotgan 2021-yil yurtimizda "Yoshlarni qo'llab quvvatlash va sihat-salomatlik yili" deya nomlanishi biz yoshlarni ilm-fanga, yangi marralarga shaxdam qadamlar tashlashimiz kerakligini takror eslatmoqda.

@UzbPhysics ni e'tibor bilan kuzatib boruvchi yaxshilarga takror va takror tashakkurlar aytaman. 2020-yilda oz bo'lsada @UzbPhysics ni sizlarga foydasi tekkan bo'lsa, men bundan xursandman! Menga doimiy maslahatlar berib turgan ustozlarim Xusan Majidov, Sherali Joniqulov, O'tkir Xoliqulov, Shukrullo Mamatqulov hamda Alisher Nurimov larga alohida rahmat aytaman.

Azizlar, 2021-yil siz uchun omadli, esda qolarli hamda muvaffaqiyatlarga boy bo'lsin! Biz olimpiadalarni tashkillashtirishda davom etamiz, nasib bo'lsa kanalimiz a'zolari ichidan Ahmad al-Farg'oniy olimpiadasi g'oliblari ham chiqadi!!

Yangi muvaffaqiyatlar yili barchangizga qutlug' bo'lsin, fiziklar!!


@UzbPhysics