🔥 Burn Fat Fast. Discover How! 💪

Global Education

Logo of telegram channel global_edu — Global Education G
Logo of telegram channel global_edu — Global Education
Channel address: @global_edu
Categories: Education
Language: English
Subscribers: 6.63K
Description from channel

🚀 Innovatsion o'quv markaz
🔝 Qarshi shahrida 3x filial
Biz bilan bogʻlanish:
📞 91 467 70 97
📩 @globaledu
Web sayt: global-edu.uz

Ratings & Reviews

2.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

2

2 stars

1

1 stars

0


The latest Messages 39

2021-10-04 08:15:00 ​​Uyqusizlikning salbiy oqibatlari haqida bilasizmi?

Ko‘pchilik kam uxlab, oʻz ishlari bilan band boʻlishni muvaffaqiyatga eltuvchi yo‘llardan biri deb hisoblaydi. Aslida unday emas. Insonning rivojlanishida uyquning ahamiyati juda ham katta.

Uyqusizlik ko‘plar salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Masalan:

• kunduzgi charchoq yoki uyqusirash;
• asabiylashish, tushkunlikka tushib qolish;
• oshqozon-ichak kasalliklari;
• past motivatsiya va kamquvvatlik;
• diqqatni jamlay olmaslik;
• uxlab olish tashvishida yurish.

O‘z vaqtida yetarlicha uxlash esa o‘qish jarayoniga ham ijobiy ta'sir qiladi. Bunday paytlarda teran fikr va o‘tkir zehn jangga shay askar kabi ilm olishga tayyor turadi.

Muvaffaqiyatga erishmoqchi bo‘lsangiz, uyquni nazorat qilishni va yetarlicha dam olishni o‘rganing!

Siz kuniga necha soat uxlaysiz?

Telegram | Instagram | Facebook | Roboteach
1.1K views05:15
Open / Comment
2021-10-03 17:03:23
Kattalar uchun Rus tili - birinchi etap

Kurs davomiyligi: 18 ta dars
To'lov: 250.000 so'm
Suhbat darsi kuni (probniy dars): 04.10.2021

Darslar dushanba, chorshanba, juma kunlari boʻladi.

Dars vaqtlari:

1-guruh. Vaqti: 10:00-11:30
2-guruh. Vaqti: 16:00-17:30
3-guruh. Vaqti: 18:00-19:30

Kurs rahbari: Malika Ibragimovna

Guruhlarga yozilish uchun quyidagi linkni bosib ro'yxatdan o'ting yoki bizga qo'ng'iroq qiling!

Roʻyxatdan oʻtish

+998-91-467-70-97
+998-97-700-92-48 (E.Mamadaliyevich)

Manzil: Asosiy filial, Bahor 2-qavat

Telegram | Instagram | Facebook | Roboteach
1.2K views14:03
Open / Comment
2021-10-03 16:07:38
Ingliz tilidan yangi guruh STARTER!

- Kunlari: Dushanba, chorshanba, juma
- Vaqti: 16:00 to 18:00
- Ochilish sanasi: 11.10.2021
- O‘qituvchi: Sokhib Makhmadaliev
- To’lov: 200,000 so’m

Yangi guruhlarga roʻyxatdan oʻtish uchun soʻrovnomani toʻldiring yoki biz bilan bogʻlaning!

Roʻyxatdan oʻtish

Administrator bilan bogʻlanish

Tel: +998914677097

Telegram | Instagram | Facebook | Roboteach
1.6K views13:07
Open / Comment
2021-10-03 09:34:52
Bunaqasi hali boʻlmagan!

Global Education oʻquv markazi rahbari Sardor Sodikov tomonidan, Qashqadaryolik yoshlar ichidan kelajak liderlarini yetishtirib chiqarish maqsadida ingliz tilida ravon so’zlasha oladigan, keng fikrlay oladigan, tanqidiy va yaratuvchanlik fiklash doirasiga ega bo’lgan kelajak liderlarini tayyorlash kursi ochilmoqda.

Ushbu kurs 7-8-9-sinflar uchun mo’ljallangan bo’lib, biz bu o’quvchilar bilan ingliz tilini noldan o’rganishni boshlaymiz va kurs davomida biz ular bilan nafaqat ingliz tili, shuningdek yuqorida keltirib o’tilgan qobiliyatlarni va mahoratlarni shakllantirishga fokus qaratimiz.

Bo’lajak liderlar ushbu kursda ingliz tili, vaqtni to’g’ri taqsimlash, hayotda o’zining oliy maqsadini topish, ota-onaga bo’lgan hurmat, o’ziga ishonch, qat’iyat, iroda, kasb tanlashga orientatsiya kabi yo’nalishlarda qobiliyatlarini oshirib borishadi.

Kurs haqida batafsil ma’lumot

Global Education — innovatsion oʻquv markazi!

Telegram | Instagram | Facebook | Roboteach
1.6K views06:34
Open / Comment
2021-10-02 15:10:57
Aqliy arifmetika oʻquvchilarimizdan Master Class!

Aqliy arifmetika kursiga qatnashayotganiga oz vaqt bo'lishiga qaramay, bu qizalog'imizning hisoblash boʻyicha qobiliyati maktabdagi tengdoshlaridan ancha ilgarilab ketganini koʻramiz, albatta bu oson ish emas.

Aqliy arifmetikani mukammal o'zlashtirish va o'z bilimi ustida doimiy ishlash natijasi bu.

Erkinova Farzona

Aqliy arifmetika kursiga yozdirish uchun link ustiga bosib roʻyxatdan oʻting!

Kursga onlayn roʻyxatdan oʻtish

Administrator bilan bogʻlanish

Tel: +998914677097

Telegram | Instagram | Facebook | Roboteach
1.9K views12:10
Open / Comment
2021-10-02 07:24:12 O'zbekistonning AQShdagi elchixonasi binosi tarixini bilasizmi?

Ushbu bino AQShlik Clarence Moore ismli millioner tomonidan $400,000 AQSh dollari sarflab 1909-yilda qurdirilgan bo'lib, o'sha paytda eng zo'r shaxsiy qarorgohlardan biri hisoblangan. Eng qizig'i va achinarlisi, ushbu millioner bu uyda ko'p yashash nasib etmagan.

3 yil o'tib, 1912-yilda Clarence Moore Titanik kemasida safarga chiqib, kema fojiasi qurboniga aylanadi. Ushbu fojiadan so'ng, bu binoni Kanada hukumati, elchixona sifatida ishlatish uchun $375,000 AQSh dollariga marhum Moore ning bevasidan sotib oladi va 1988-yilgacha elchixona sifatida ishlatadi va so'ngra yangi binoga ko'chib o'tadi.

1995-yilda O'zbekiston hukumati ushbu binoni Kanada hukumatidan $5mln AQSh dollariga xarid qiladi va ayni paytgacha ushbu binodan Elchixona sifatida foydalanib keladi. Bino jami 8 qavat bo'lib, podval 2 qavat va yuqori qismi 6 qavatdan iborat.

Binoning deyarli 90% ichki va tashqi holati 1909-yildan beri original holatda saqlanadi va bino ichidagi taxta o'ymakorlik ishlari juda ham hayratlanarli. Xoh ishoning, xoh ishonmang, 1909-yilda o'rnatilgan lift (to'g'ri o'qidingiz, lift) hali hamon ishlaydi va u hech qanaqa o'zgartirish kiritilmagan original lift.

Ushbu liftning videosini ham quyidagi rasmlar orasida ko'rishingiz mumkin. Ushbu Elchixona devorlariga O'zbek rassomlari tomonidan chizilgan haqiqiy go'zal san’at asarlari osilgan bo'lib, ushbu go'zallikni yaratishga va O'zbekona muhitni shakllantirishga sobiq elchimiz Sodyq Safaevning anchagina xizmatlari bor.

Bugun biz Amerikadagi faxr-iftixor uyimiz, elchixonamizga tashrif buyurdik va Elchi janoblari Javlon aka Vahabov bizni ustozlar va murabbiylar kuni bilan muborakbod etgan holda, kechki tushlikni biz bilan birgalikda qildilar.

Eslatib o'tamiz, ushbu O'zbekistonning AQShdagi Elchixonasi rasman Amerikadagi O'zbekiston hududi hisoblanib, shuni xulosa qilib aytsak bo'ladiki, ahayt, akang nonushta bilan tushlikni Amerikada, kechki ovqatni O'zbekistonda qildi. Akang yana bir marotaba kuchaydi, kuchaydi!!!

Telegram | Instagram | Facebook | Roboteach
2.1K views04:24
Open / Comment
2021-10-02 07:24:00
2.0K views04:24
Open / Comment
2021-10-01 14:07:33
Abdulla Eshonqulov viloyat hokimi tomonidan taqdirlandi

Aqliy arifmetika boʻyicha oʻqituvchimiz Abdulla Eshonqulov, viloyatimiz hokimi Zoir Mirzayev tomonidan, ilm yoʻlida qilgan mehnatlari munosib deb topilib, noutbuk, planshet, kitob va faxriy yorliq bilan taqdirlandi!

Oʻqituvchimizning kelgusidagi ishlariga omad tilaymiz!

Telegram | Instagram | Facebook | Roboteach
2.3K views11:07
Open / Comment
2021-10-01 08:13:01
Dunyoning ustuni — ustoz, muallim!

Xalqimizda ilm o’rganmoq igna bilan quduq qazishga qiyoslanadi. Kezi kelsa, hayot va borliq mohiyati, sir-asrorlariga bo’ying barobar kitoblarni o’qib ham yetish mushkul.

Biroq ilm o’rgatmoq zahmati undan-da mashaqqatli. Zero, oqu-qorani farqlay olmaydigan go’dak olimlik rutbasiga yetishi uchun taxlam-taxlam kitoblarni o’qishning o’zi kamlik qiladi.

Ustoz bu ishga butun borlig’ini, mehrini baxsh etadi.

Global Education ijodiy jamoasi barcha zahmatkash ustoz va murabbiylarni bugungi qutlugʻ bayram bilan tabriklaydi!

Hurmat bilan, Global Education!
2.2K viewsedited  05:13
Open / Comment
2021-09-30 18:16:51 ​​Ingliz tilini o‘rganish uchun 10 ta eng foydali saytlar

Global Exam. Ko‘nikmalarni quvnoq va samarali darslar bilan oshirish imkoniyati.
global-speaker.com

Globe Speaker. Bosqichma-bosqich har xil o‘yinlar yordamida o‘rganish imkoniyati.
globespeaker.com

BBC Learning English. Haqiqiy ingliz tilida yangiliklar, madaniyat va tabiat haqida o‘qish imkoniyati.
bbc.co.uk

British Council. O‘yinlar yordamida o‘rganish va test orqali darajani aniqlash imkoniyati.
learnenglish.britishcouncil.org

JenniferESL. Online darslar videolari, mashqlar. Bundan tashqari to‘lov orqali Jenniferning o‘zidan guruhda yoki individual o‘rganish imkoniyati.
englishwithjennifer.com

News in Levels. Yangiliklarni ingliz tilining 3 xil darajasida o‘qish imkoniyati.
newsinlevels.com

English club. Darslar, mashqlar, grammatik qoidalar, kitoblarni qidirish uchun ajoyib sayt.
englishclub.com

ISpeakSpokeSpoken. Kerakli yo'nalish bo‘yicha ingliz tilini o‘rganish imkoniyati.
ispeakspokespoken.com

Many things. Ko‘plab savol-javoblar, so‘z o‘yinlari va harakatli o‘yinlar yordamida o‘rganish imkoniyati.
manythings.com

You Tube! Kerak bo‘lgan har qanday narsani topish mumkin.
youtube.com

Ha aytgancha, agar bu ma’lumotlarni sizga foydasi tegsa, yaqinlaringizga ham ulashing, ular ham foydali bilim olishsin!

Bu saytlarning qaysi biridan foydalanib koʻrgansiz? Izohlar boʻlimida qoldiring!

Telegram | Instagram | Facebook | Roboteach
2.4K viewsedited  15:16
Open / Comment