🔥 Burn Fat Fast. Discover How! 💪

UZ Qadrli o ' zbekistonlik do ' stlar! Pandemiya boshlangani | O'zbekistondagi Gyotе-Instituti

UZ Qadrli o ' zbekistonlik do ' stlar!
Pandemiya boshlanganidan taxminan 1 yil o'tib biz, masofa saqlash va gigiena qoidalariga rioya qilgan holda bo'lsada, bahor boshlanishini anglatuvchi Navro'z bayramini vanihoyat nishonlay olamiz. Bu yil ham O'zbekiston butun dunyo singari koronavirusdan holi bo'lgan bahor uchun kurashmoqda. Aynan Navrus bayrami arafasida Unicef ​​ning COVAX dasturi doirasida O'zbekistonga 660 000 dona vaktsina yetkazib berildi. Germaniya Covax emlash dasturiga katta hissa qo'shmoqda. Germaniya elchixonasi "Yangi yilda" pandemiyaga qarshi kurashda ijobiy natijalarga erishilishidan va O'zbekiston aholisi adolatli va tez muddatda emlanishidan umidvor.
Katta tantanalar o'tkazish imkoniyati qayta tiklangunicha, yana ko'p ishlarni amalga oshirish zarur.
Germaniya elchixonasi barchangiz bayramni oila davrasida maroqli nishonlashingizni tilaydi. Yil faslidan qat'iy nazar doimo sog' bo'ling!

Hurmat ila
Germaniya elchixonasi