🔥 Burn Fat Fast. Discover How! 💪

UZ Bugun Toshkentdagi Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam | O'zbekistondagi Gyotе-Instituti

UZ Bugun Toshkentdagi Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam ilmiy markazida zamonaviy masofaviy tibbiy xizmatlar ko’rsatish stantsiyasining topshirish marosimi bo’lib o’tdi. Ushbu stantsiya hozirgi kunda Berlindagi Charité klinikasida faoliyat olib borayotgan masofaviy tibbiy xizmatlar markaziga ulanadi. Bu bilan Toshkent va Berlindagi shifokorlar o’rtasida to’g’ridan-to’g’ri ma’lumot almashinuviga imkoniyat yaratildi. Ushbu loyiha Robert Koch nomidagi Institut, Berlindagi Charité klinikasi hamda Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam ilmiy markazi o’rtasidagi rejalashtirilgan hamkorlikning ilk bosqichidir. Tadbirda Respublika Sog’likni Saqlash vazirining o’rinbosari, Ulug’bek Sabirov, RShTYoIM va Robert-Koch nomidagi institutning yetakchi mutaxassislari ishtirok etdilar.