Get Mystery Box with random crypto!

Gyote-Instituti yosh shoir va yozuvchilar laboratoriyasi “Gyot | O'zbekistondagi Gyotе-Instituti

Gyote-Instituti yosh shoir va yozuvchilar laboratoriyasi “Gyote poetry lab” ga qabul e’lon qiladi!

Siz ijodiy o'sish uchun yangi imkoniyatlar izlayapsizmi? O'z g'oyalaringizni omma bilan baham ko'rishni, asarlaringizni to'plamlarda nashr etishni, festivallarda ishtirok etishni va yosh ijodiy jamoaning bir qismi bo'lishni xohlaysizmi?
Ilhom qayerdan kelganini bilib oling, shuningdek, tajribali murabbiylar rahbarligida adabiy mahoratingizni oshiring?
“Gyote poetry lab” - bu sizning noyob imkoniyatingiz.

Ijodiy laboratoriya dasturida:
• Adabiy seminarlar, jamoada ishlash, asarlarni tahlil va talqin qilish.
• mahorat darslari va ma'ruzalar.
• Aktyorlik mahorati, sahna nutqi va notiqlik mahorati asoslarini o‘rgatish.
• She'riyat festivali va boshqalar

Laboratoriya kuratori:
Danielyan Ashot
- shoir, musiqachi, xalqaro tajribaga ega art-menejer. MDH, Yevropa va AQSH saytlarida namoyish etilgan “Taburetka ustidagi odam”, “Art-Plov Markaziy Osiyo”, “Origami qanotlari”, “Elektrooko” loyihalari muallifi. “Madaniyat harakatda”, “Ijodiy prodyuserlar BC” dasturlari ishtirokchisi, “CA Book forum and Literature Festival” adabiy tanlovi finalchisi.

Tillaniso Nuryog'di - shoira, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi O‘zbek tili, adabiyoti va folklori ilmiy instituti tayanch doktoranti. «Dilxat», «Olovrang tug‘yon», «Sunbula» nomli kitoblari nashr etilgan. 2022 yil Venetsiya Biennalesi ishtirokchisi.

Arizalar 03.05.2022 ga qadar quyidagi elektron manzillarida word yoki pdf formatida qabul qilinadi:
O’zbek tilidagi arizalar tillaniso@mail.ru
Rus tilidagi arizalar manwithastool@list.ru

Arizada quyidagilar ko'rsatilishi kerak:
Qisqacha tarjimai hol va qayta aloqa uchun ma’lumotlar.
"Nima uchun Gyote ijod laboratoriyasiga qiziqasiz?" degan savolga javob bering.
She’r yoki nasrda erkin mavzudagi 2-3 ta asaringizni ilova qiling.

Laboratoriya yakunida har bir ishtirokchi yangi noyob ko'nikmalarga qo'shimcha ravishda:
Bitiruv sertifikati, yakuniy to'plamda nashr etish imkoniyati, festival dasturida ishtirok etish va yil davomida boshqa tadbirlar.
Laboratoriya may oyining boshida boshlanadi va haftada ikki marta (kechqurun) bir oy davomida Gyote-institutida o'tkaziladi, laboratoriya natijalariga ko'ra mualliflar o'z asarlarini Gyote Poetry Slam saralash bosqichida jamoatchilikka taqdim etadilar.
Ishtirok etish bepul. Ishtirokchilar soni cheklangan.

“Nimani orzu qilsangiz, o’sha narsaning ustida ishlashni boshlang! O’shanda hayotingizda haqiqiy mo'jizalar sodir bo'la boshlaydi! “
I. V. Gyote.

Barcha savollar bo'yicha quyidagi raqamdagi telegram orqali murojaat qilishingiz so'raladi: +99894 6694209