Get Mystery Box with random crypto!

URGANCH DAVLAT UNIVERSITETIDA NEMIS TILI OʻQITUVCHILARINING BE | O'zbekistondagi Gyotе-Instituti

URGANCH DAVLAT UNIVERSITETIDA NEMIS TILI OʻQITUVCHILARINING BESHINCHI MOBIL ANJUMANIGA START BERILDI

Bugun, 12-may kuni Urganch davlat universiteti va Gyote instituti bilan hamkorlik shartnomani doirasida nemis tili oʻqituvchilarining beshinchi mobil anjumaniga start berildi.

Xorijiy filologiya fakulteti dekani Z.Jumaniyozov moderatorligidagi anjumanni Urganch davlat universiteti rektori Baxrom Abdullayev ochib berib, konferensiya ishiga rivoj tiladi.

Shuningdek, ochilish marosimida “Roman-german filologiyasi” kafedrasi professori A.Jumaniyozov, Gyote institutining Til boʻlimi boshligʻi D.Muhammadaminova, Samarqand davlat chet tillari instituti oʻqituvchisi Anton Umbax, Xorazm viloyati Xalq ta’limi boshqarmasi vakili, Xorijiy tillar boʻyicha uslubchi G.Nazirova, Xorazm viloyati Xorijiy tillarni ommalashtirish agentligi boshligʻi A.Qurbonboyevlar soʻzga chiqishdi.

Anjumanning ochilish qismida 70 nafar maktab va 20 nafar universitetning nemis tili oʻqituvchilari ishtirok etdilar.

Tushdan soʻng metodik yoʻnalishdagi tajribali xorijiy, respublika va mahalliy oʻqituvchilarning master klasslari boshlandi.

Anjuman ishi ikki kun davom qiladi.

UrDU Matbuot xizmati
@urdu_pressa