🔥 Burn Fat Fast. Discover How! 💪

Gyote-Institutida qayta ishlanadigan chiqindini yig'ish bo'yic | O'zbekistondagi Gyotе-Instituti

Gyote-Institutida qayta ishlanadigan chiqindini yig'ish bo'yicha ekologik aksiya!

Butunjahon atrof-muhitni muhofaza qilish kuni munosabati bilan 6-iyun O‘zbekistondagi Gyote-Instituti Hashar Week loyihasi bilan birgalikda qayta ishlanadigan chiqindilarni yig‘ish aksiyasini o‘tkazadi.

6-iyun, soat 12:00 dan 18:00 gacha

Yig'ish uchun qabul qilinadi:

Makulatura:
karton
qog'oz

Plastik:
01 PET (baklajka)
02 HDPE (yuvish vositalari idishlari va boshqalar)
05 pp qattiq plastik
Polietilen paketlar

Metall:
alyumin bankalar
havo spreyi ballonchiki

Soat 12:00 da bolalar va ularning ota-onalari uchun chiqindilarni saralash bo‘yicha dars va “Zavqli chiqindi” o‘yini bo‘lib o‘tadi, unda ular saralash qoidalari bilan batafsil tanishadilar.

Aksiyaning eng faol ishtirokchilari tashkilotchilar tomonidan sovg'alar bilan taqdirlanadi!

Keling, sayyoramizni birgalikda yaxshilaylik