Get Mystery Box with random crypto!

Kino - san'atning eng qulay turi, dam olishning o’ziga xos ko‘ | O'zbekistondagi Gyotе-Instituti

Kino - san'atning eng qulay turi, dam olishning o’ziga xos ko‘rinishi hamdir. Birgalikda, ayniqsa ochiq havoda kino tomosha qilgandа tomoshabinlar bir vaqtning o’zida kuladilar, olqishlaydilar va deyarli bir xil his-tuyg'ularni boshdan kechiradilar. Shunday filmlar borki, ular orqali o’sha mamlakatning hayotini, madaniyatini yaxshiroq ko'rish, uni anglash mumkin.
Aynan shu maqsadda Gyote-Instituti "Shum bola" IX. Kinofestivalini tashkillashtirib, Toshkentdagi bolalar va o’smirlarga Germaniya kinoijodkorlarining eng so’nggi filmlarini tomosha qilishlariga imkoniyat berdi.
01.06 dan - 05.06 gacha, 5 kun davomida ochiq havoda, Gyote bog'ida filmlar namoyish etildi. Tomoshabinlarni Germaniyadan kelgan mehmonlar, jumladan, Shlingel xalqaro kinofestivali rahbari, shuningdek, Germaniya va Shveytsariyadan kelgan rejissyor va prodyuserlar kutib olishdi va film namoyishidan oldin so’zga chiqib a’lo kayfiyat tilashdi.
Ayniqsa, “Semi, Jo va men” filmi namoyish oqshomi esda qolarli bo’ldi, chunki film namoyishidan so’ng tomoshabinlar va film rejissyori film haqidagi taassurotlari bilan o‘rtoqlashishdi, bir-birlariga savollar berib immigratsiya, oila va yoshlar kabi aktual mavzularda fikr almashishdi.
"Shum bola" kinofestivali Toshkentdagi Gyote-Instituti tashabbusi bilan 2013-yilda tashkil etilgan bo‘lib, har yili O‘zbekistonda, shuningdek, Tojikistonda Germaniyaning Xemnits shahrida bo‘lib o‘tadigan Shlingel xalqaro kinofestivali bilan hamkorlikda o‘tkazilib kelinmoqda.

Кино является самым доступным видом искусства, а также видом отдыха. При совместном просмотре фильма, особенно на свежем воздухе, аудитория смеется, аплодирует и разделяет почти одинаковые эмоции. Где, как не в кино можно лучше увидеть быт, культуру той или иной страны.
С этой целью Гете-Институт Ташкент провел IX. Кинофестиваль «Шум бола», который дал возможность детям и подросткам Ташкента посмотреть новые фильмы от немецких кинопроизводителей.
В течении 5 дней, с 01.06 – по 05.06.2022 были показаны фильмы под открытым небом в Гете-парке. Зрителей приветствовали гости из Германии, в том числе руководитель международного кинофестиваля «Шлингель», а также режиссеры и продюсеры из Германии и Швейцарии.
Особенно запомнился вечер после показа фильма „Семи, Джо и я“, где зрители и режиссер фильма смогли поделиться своими впечатлениями о фильме, задавать друг-другу вопросы и поговорить на очень актуальные темы, как например иммиграция, семья и молодеж.
Кинофестиваль «Шум бола» был основан по инициативе Гете-Института Ташкент в 2013 г. и проводится ежегодно в Узбекистане, а также в Таджикистане совместно с международным кинофестивалем «Шлингель» в г. Хемниц, Германия.