Get Mystery Box with random crypto!

VR-HEROES Shunday qilib, Toshkent va Olmaota shaharlaridagi G | O'zbekistondagi Gyotе-Instituti

VR-HEROES
Shunday qilib, Toshkent va Olmaota shaharlaridagi Gyote-Istitutlarda xorijiy va mahalliy mutaxassislar ishtirokida gibrid formatda o‘tkazilgan Gyote-Instituti VR Akademiyasining bir haftalik „VR-Heroes” seminari o’z yakuniga yetdi. Seminar „Axborot va kutubxona“ bo‘limi tomonidan Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasi loyihasi doirasida tashkil etildi.

5 kun davomida 12-14 yoshli ishtirokchilar raqamli 3-D fazolar va uch oʻlchamli obyektlarni yaratishni o’rgandilar. Ular storytelling va didjeying boʻyicha koʻplab bilimlarga ega boʻlibgina qolmay, balki keyinchalik raqamlashtirish maqsadida qog'ozda kollajlar yasashni o'rgandilar va o'z avatarlarini yaratish ustida ishladilar. Ular bizning sevimli kutubxonamizning virtual reallikdagi ko‘rinishini va boshqa ajoyib loyihalarni yaratdilar. Seminarda ishtirokchilar nafaqat vaqtdan samarali foydalandilar, balki yangi do'stlar va suhbatdoshlar orttirdilar.

Biz DJ Max Vire va DJ Yula tyuterlariga musiqa yaratish va didjeying bo'yicha eng qiziqarli mashg'ulotlar uchun minnatdorchilik bildiramiz, shuningdek, o'z tajribasi bilan o'rtoqlashgan va umumiy g'oyalarni amalga oshirish uchun ko'plab maslahatlar berib, ishtirokchilarning yashirin iste'dodlarini ochib berishga hissa qo'shgan, fanlararo rassom Aziza Qodiriyga (azizakadyri.com) alohida rahmat aytib qolamiz.

Ushbu seminardan ko‘zlangan maqsad yoshlarni raqamli fazoda media kompetentsiyaga va ijodkorlikka o‘rgatish edi.