Get Mystery Box with random crypto!

Had better Hozirgi va kelasi zamonlarda ishlatiladi, o’tga | GOLDEN|EDU™

Had better

Hozirgi va kelasi zamonlarda ishlatiladi, o’tgan zamoni yo’q. Had better maslahat berishda ishlatiladi va agarda sen bu ishni qilmasang, oxiri muommo bo’ladi degan ma’no beradi ogolantirishga o’xshaydi. O’zbek tilida “kerak”, qilmasa bo’lmaydi/yomon boladi/chatoq bo’ladi so’zlariga to’g’ri keladi

Positive : Ega+had better+V1
Negative: Ega +had better+not+V1
Question: Had better+ ega+V1

We’d better stop for petrol soon. The tank is almost empty.
Tezroq benzinga to'xtaganimiz ma'qul (to’xtamasak chatoq bo’ladi/yomon bo’ladi). Tank deyarli bo'sh.
Shall I take an umbrella?’ ‘Yes, you’d better. It might rain.
Soyabon olaymi? '' Ha, yaxshisi ol/ olmasang bo’lmaydi. Yomg'ir yog'ishi mumkin.

Had better mazmunan shouldga o’xshash bo’lsada bir-xil emas. Had better faqat ma’lum bir vaziyatlar uchun ishlatildi(umumiy holatlar uchun ishlatilmaydi) Should umumiy maslahat berish maqsadida barcha holatlar uchun ishlatilaveradi..

It’s late. You’d better go. or You should go (buyerda ikklasini ham ishlatsak bo’ladi)

You’re always at home. You should go out more often (buyerda umumiy maslahat beryabdi va buyerda biz had better ishlatolmaymiz)

You had better leave now. or You should leave now (ikkisi ham buyerda ishlatsak bo’ladi)

You should respect your parents. (buyerda umumiy maslahat berilmoqda va faqat should ishlatishimiz mumkin)

E’tibor bering: Had better ishlatsak, agarda berilmagan maslahatga amal qilmasak biror xafv muommo sodir bo’ladi. Should esa unday emas shu narsani bajarish yaxshi degan ma’no beradi.

Solishtiring:

It’s a great film. You should go and see it - Ajoyib film. Siz borib ko'rishingiz kerak(agar qilmasangiz biror muommo sodir bo’lmaydi, shunchaki shu ishni qilsangiz yaxshi.)

The film starts at 8.30. You’d better go now or you’ll miss the beginning - Film 8.30 da boshlanadi. Endi borganingiz ma'qul, yoki boshini o’tgazib yuborasiz
( agarda aytgan maslahatga amal qimasa oxiri muommo ya’ni boshi o’tib ketadi)

Had betterni tasdiq so’rogi hadn’t orqali yasaladi.
I’d better phone Chris, hadn’t I? – Krisga telefon qilganim yaxshi, shunday emasmi?

Eng sara dars va qo'llanmalar bizning kanalda

Kanalimizga obuna bo'ling
GOLDEN EDUCATION