🔥 Burn Fat Fast. Discover How! 💪

“Need” modal fe’li “Need” zaruriyat va muhtojlikni bildiradi. | GOLDEN|EDU™

“Need” modal fe’li

“Need” zaruriyat va muhtojlikni bildiradi. U ham modal ham asosiy fe’l bo’lib kelishi mumkin.

Modal fe’l bo’lib kelganida “need” asosan so’roq va inkor gaplarda va hozirgi zamonda ishlatiladi.
| You needn't learn this poem by heart – Bu she’rni yodlashingiz shart emas.
| Need I buy anything for breakfast? – Nonushtaga biror narsa sotib olishim kerakmi?

Asosiy fe’l bo’lib kelganda, undan keyin fe’lning noaniq shakli (to read – o’qimoq, to write - yozmoq) keladi va darak, so’roq va inkor shakllari mavjud bo’ladi.
| I need to talk to you – Siz bilan gaplashib olishim zarur.
| He needs this book – Unga bu kitob zarur.

So’roq shaklini yasash uchun “do\does” yordamchi fe’llaridan foydalaniladi.
| How much money does he need? – Unga qancha pul kerak?

Inkor shakli “don’t / doesn’t” yordamchi fe’llari bilan yasaladi.
| I don’t need your help – Men yordamingizga muhtoj emasman.

Eng sara dars va qo'llanmalar bizning kanalda

Kanalimizga obuna bo'ling
GOLDEN EDUCATION