🔥 Burn Fat Fast. Discover How! 💪

Oxiri qiyomat bo'lgan dunyoni nimasiga bu darajada oshiqmiz? | qwerty

Oxiri qiyomat bo'lgan dunyoni nimasiga bu darajada oshiqmiz?

Oxirgi bir oy men uchun turli xissiyotlarga, tuyg'ular va kechinmalarga boy bo'ldi. Bir qarasa yashashni istamayman, dunyodan charchadim dedim. Yana bir qarasa, oilamni tashlab ketishni istamayman dedim.

Bilasizmi, dunyo... Dunyo! U bizni o'ziga shu qadar bog'lab, sehrlab qo'yadiki, uni domiga qanday kirib ketganimizni bilmay qolamiz. Soat 17:10 da "5 daqiqa Telegramdagi xabarlarga javob beray, keyin namozimni o'qib olaman" deb o'tiramiz-u, namoz o'qish uchun telefonni qo'yayotganda soat 18:30 bo'lganini ko'ramiz. Hozir instagramga kiriboq chiqaman deymiz, u yerdagi hashamatga mahliyo bo'lib, o'zimizda boriga shukr qilishni unutamiz. Facebookda hamma do'st-dugonalarimiz oila qurib, chiroyli rasmlarni qo'yayotganini ko'ramiz, "balki vaqti kelgandir, men noto'g'ri yo'ldamanmi" deb o'ylanamiz, aslida ularni haqiqiy hayotini ko'rmay chiqarayotgan xulosalarimiz o'zimizni hayolparastligimiz mahsuli ekanini bilmaymiz. Natijada esa o'zimizdan nafratlanamiz, dinimizdan uzoqlashamiz va dunyoga yanada bog'lanamiz.

Tug'ilgan kunimga sovg'a sifatida dunyodan uzilishni va kamida 1 oy vaqtimni o'zimga, dinimni chuqurroq o'rganishga sarflashni istadim. Shu sababli Instagram va Facebook sahifalarimni shu hafta ichi butunlay o'chirib tashlayapman. YouTube da oldingi videolarimni qayta ishlab chiqaman, sizlarga foydali kontent ulashishda davom etaman. Darslarimni ham o'taman, loyihalarimni ham qo'ldan kelgancha davom etaman.

Meni maqsadlar daftarcham bor. O'tgan hafta uni topib oldim va yig'lab yubordim. (Rasmni ko'ring) Ko'rdingizmi, men qanchalik dunyoga bog'langanimni? 2021-yil tugashiga 3 oy qoldi. Bu vaqt ichida maqsadimga erisha olamanmi yo'qmi, bilmayman. Eng asosiysi, meni chalg'ituvchi asosiy omillardan voz kechish! "Ijtimoiy tarmoqlarga bog'lanib qolmaslik insonni irodasiga bog'liq, o'chirmang" deyishingiz va bu bilan meni kuchsizlikda ayblashingiz mumkin, ammo men shuni ma'qul bildim va Allohdan bu tanlagan yo'limni hayrli qilishini so'rab qolaman.

@WorldUnique kanaliga nima bo'ladi?

Men ta'limga oid kontentni endi @Khilos_world kanalida yuritaman, bu esa mening shaxsiy blogim bo'lib qoladi.

Men bilan qoling yoki keting demayman, bu sizni tanlovingiz va har qanday holatda buni men hurmat qilaman. Eng asosiysi, o'zligingiz va diningizdan uzoqlashmasligingizni tilab qolaman