Get Mystery Box with random crypto!

Halal Japan

Logo of telegram channel halaljapan — Halal Japan H
Logo of telegram channel halaljapan — Halal Japan
Channel address: @halaljapan
Categories: Religion
Language: English
Subscribers: 612
Description from channel

Halal gourmet Japan
Halal products
Halal Restaurants
Mosques
Nashidas
Facebook page: https://www.facebook.com/pg/japanhalal
Contact with us: @HalalJapanbot

Ratings & Reviews

3.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

0


The latest Messages

2021-08-02 13:55:55
Assalomu alaykum. Barchangizga Juma ayyomi muborak bo’lsin.

“GenerouMe” sahovat loyihasidan yana bir quvonarli yangilik. Hozirgacha bizni qo’llab-quvvatlab kelayotgan vatandoshlar tomonidan “bolalarni ilm olishiga yordam bersak juda yaxshi bo’lardi” degan juda ko’p taklif va fikrlar bizga kelib tushgan edi.

Sizlarning qimmatli fikr va takliflaringizni inobatga olgan holda, “GenerousMe” sahovat loyihasi qoshida GenerousMe Ilm Fondini tashkil qilishga qaror qildik. Bu fondning asosiy maqsadi vatandagi iqtidorli bolalarni (asosan, yetim, kam ta’minlangan va muhtojlar) ilm olishiga oz bo’lsa ham o’z hissamizni qo’shishdir.

Shunday ekan, bu xayrli ishimizga befarq bo’lmaysizlar degan umiddamiz.

@GenerousMe_UZ
322 views10:55
Open / Comment
2021-06-03 07:27:40 Assalomu alaykum va rahmatulloh va barakatuh.

Azizlar ko'pchilikdan maxsulotlar tarkibi halol yoki no-halol ekani bo'yicha savollar kelib turadi. Ayni vaqt kanal adminlari boshqa yumushlar bilan biroz band ekanlari sababli kanal faoliyati birmuncha sustlashgani tabiiy.

Sizlar uchun foydali bo'lar degan umidda Halal Japan mobil ilovalarini tavsiya etmoqchimiz. Maxsulotlarni suratlarini yoki bar-code larini o'qitish orqali tarkibini va halol ekanini bemalol aniqlash mumkin. Dastur musulmon birodarlarimiz tomonidan ishlab chiqilgan. Yillik to'lovi 1000¥ ni tashkil etadi. Juda qulay va savobli ish bo'libdi. Dastur yaratishda ko'maklashganlar haqqiga duo qilishingizni so'rab qolamiz!

iPhone uchun ilova

Android qurilmalari uchun


#HalalJapanApp
#HalalJapan

Batafsil ma'lumot buyerda
https://t.me/HalalJapan
214 views04:27
Open / Comment
2021-05-24 10:16:49
AEON "My Busket" do'konlarida "Halal Correct" tayyor kartoshka frilari sotilmoqda, Alhamdulillah!

Halal Japan Kanali
https://t.me/HalalJapan
278 viewsedited  07:16
Open / Comment
2021-05-24 10:16:47
280 views07:16
Open / Comment
2020-12-30 05:02:16
Kelayotgan Yangi yil bilan!

Bu yil Telegram uchun ijobiy boʻldi — u koʻplab ajoyib yangi funksiyalar bilan boyitildi, faol foydalanuvchilardan tashkil topgan auditoriyasi esa 500 millionga yaqinlashib qoldi.

2021-yilda ham shunday yoqimli (va imkon qadar kamroq yomon) yangiliklar boʻlishini, shuningdek, obunachilaringiz soni ortishini, qamrovlar koʻpayishini, barcha rekordlarni yangilaydigan ERR'ni va, albatta, omad tilaymiz.

Bizdan anʼanaviy sovgʻa — kanalingiz uchun bu yil qanday oʻtgani haqidagi maktub.

2021-yilda koʻrishguncha,
TGStat.com jamoasi
758 views02:02
Open / Comment
2020-12-27 00:52:07
Koronavirus infektsiyasining butun dunyo boʻlab uchinchi toʻlqini avj olganligi sababli, Yaponiya hukumati 28-dekabrdan boshlab 2021-yil yanvar oyi oxiriga qadar barcha mamlakatlar va mintaqalardan mamlakatga kirishni vaqtincha to'xtatishini e'lon qildi.

Eslatib oʻtamiz bundan bir necha kun muqaddam Buyuk Britaniya va Janubiy afrika davlatlaridan keluvchilarga taqiq qoʻyilgan edi!


Yaponiya yangiliklari kanali
https://t.me/joinchat/AAAAAFAYITyPrvHdJNsAOA

Telegram | Facebook | Instagram
543 views21:52
Open / Comment
2020-12-05 17:01:27 ​​Sabrni oʻrgansa boʻladi dunyo,
Minglab talofatlar koʻrgan Yapondan,
Iymondan habari yoʻqku-ya ,ammo,
Insof neligini oʻrgan Yapondan.


Almisoqdan qolgan, yaxshiyam qolgan,
Bilmam, bu hislatni qayerdan olgan,
Nima boʻlganda ham, ishlatmas yolgʻon,
Toʻgʻri soʻzlik nima oʻrgan Yapondan.

Kasblarning ulugʻi, eng chiroyligi,
Yaponda oʻqituvchi millat boyligi,
Obroʻyidek baland hatto oyligi,
Ustozga hurmatni oʻrgan Yapondan.

Badavlat, oʻrtaxol yoki faqirmi?
Ziyoli, yo omi, mutaffakirmi?
Dehqon, ishchi, ishsiz, hatto vazirmi,
Tenglik nimaligin oʻrgan Yapondan.

Qarang boshlangʻichda maktab bolasin,
Oʻzi tozalaydi sinf xonasin,
Intizomin koʻring, jajji bolasin,
Farzand tarbiyasin oʻrgan Yapondan.

Metroda yosh, qari, yo goʻdak bola,
Kitob oʻqib ketar koʻzlari yona,
Har doim tiqilinch har kutubxona,
Kitobni sevishni oʻrgan Yapondan.

Ahir asrash kerak deb tabiatni,
Tizimlarga solib toʻkar ahlatni,
Deysan:
Ahlat toʻkishmi bu yoki sanʼatmi?
“Musor toʻkish“ fanin oʻrgan Yapondan.

“Toza Tokiolik“ degan gapi yoʻq,
Qishloqi, shaharlik degan gapi yoʻq,
“Quruq“ yo “avatar“ dek laqabi yoʻq,
Mahalliychilik yoʻq, oʻrgan Yapondan.

Hech qachon birovni gʻiybat qilmaydi,
Toʻplanib nokerak suhbat qilmaydi,
Ichi qoralik yoʻq, tuxmat qilmaydi,
Goʻzal hislatlarni oʻrgan Yapondan.

Hozir boryabman deb bir yarim soat,
Kuttirmas , kutmaydi, yoʻq bunga toqat,
Bir “minut“ kechikish katta “falokat“ ,
Daqiqa qadrini oʻrgan Yapondan .

Hatto kampir, chollar “ velik“da yurar,
Toʻqsondan oʻtsa ham “dirkillab“ turar,
Dunyoda hammadan koʻp umr koʻrar,
Sogʻlom turmush tarzin oʻrgan Yapondan.

Boqimanda boʻlib oʻsmas yoshlari,
Qiynalib oyoqqa turadi bari,
Balkim, shunga koʻpdir “Nobelchilari“,
Chiniqish neligin oʻrgan Yapondan.

Qoyilmaqom juda “servis“u xizmat,
Xaridor xurmati togʻlardan baland,
Tomib gapiradi ogʻzidan bol-qand,
Biznes neligini oʻrgan Yapondan.

Boyu kambagʻali bari kibrsiz,
Biror bir gapini aytmas “uzr“siz,
Muloyimligidan topib huzur, siz.
Muomala madaniyatin oʻrgan Yapondan.

Isrofgarchiikdan oʻynamas poyga ,
Umuman hashamat qilmaydi uyga,
Millionlar sarflamas bir kunlik toʻyga,
Bozor-Iqtisodni oʻrgan Yapondan.

Mehnat, mehnat deya yurgan Yapondan,
Doim navbatlarda turgan Yapondan,
Davlatini noldan qurgan Yapondan,
Vatanparvarlikni oʻrgan Yapondan.
Vatanparvarlikni oʻrgan Yapondan.

Xabari boʻlganda agar Islomdan,
Buyuk xalq boʻlmasdi aniq Yapondan....

Bahodir Iskandarov
2019.03. 28.

#LirikChekinish

#BahodirIskandarov
#YaponiyaSadosi

Yaponiyaga oid she'rlar kanali
https://t.me/joinchat/AAAAAFAYITyPrvHdJNsAOA


Telegram | Facebook | Instagram
917 views14:01
Open / Comment
2020-12-04 17:25:26 ​​Eh-he Yaponiyadan nelar olmadim,
ta'riflashga ojizdir zabon,
Lek bir odatiga ko'nikolmadim,
Aksirsang SOG' BO'LING demaydi Yapon.


Rosti, so'rab ko'ring ana har kimdan,
O'ziga bildirmay kuzating zimdan,
Musulmon ham emas, xabarsiz dindan,
Lek birov haqini yemaydi Yapon.

Boshlig'in ko'zi uchun ishlamas ular,
Maqtovli so'zi uchun ishlamas ular,
G'oliblik qilsada shirin uyqular,
Ishiga kechikib kelmaydi Yapon.

Daqiqasigacha bo'lar yo'qlama,
Domlalar poraga qilmaydi shama,
Ko'ndiraman deya bo'lmang xomtama,
O'qimasang diplom bermaydi Yapon.

Suniy navbat qilar ko'paysa odam,
SHoshilyabman deya qilmaydi motam,
Xotinim kasal deb, yokida onam,
Hech qachon navbatni buzmaydi Yapon.

SHaroitga qarab kiyaver kiyim,
Bo'lsa ham mayliga ko'ylaging g'ijim,
Xohla kalish bilan kiygin kostyum shim,
iye, ana qishloqi demaydi Yapon.

Hech kim qaramaydi cho'ntak kissaga,
Jerkib gapirmaydi borsang "kassa"ga,
Bir soatda qo'yar" propiska"ga,
Har kuni "ertaga" demaydi Yapon.

Ulovlar boshyalang yo'qdir "shapka"si,
Yechmas muammosin "katta aka"si,
Gapning po'st kallasi,gapning qisqasi,
Chalg'ituvchi "monyor" qilmaydi Yapon.

Narxlari bir hildir borsang bozorga,
Qattiq gapirmaydi hech xaridorga,
Qarab boy odamga yo mardikorga,
Turlanib muomala qilmaydi Yapon.

Qancha zo'r bo'lmasin go'zal qanchalik,
Yomon tomonlarin hali aytmadik,
Bittasin aytaman biz O'zbeklardek,
Oila qadrini bilmaydi Yapon.
O'zidan o'zgani sevmaydi Yapon.
2018.08.13.

Bahodir Iskandarov

#BadiiyQism

#YaponiyaSadosi

Yaponiyaga oid qiziqarli kanal
https://t.me/joinchat/AAAAAFAYITyPrvHdJNsAOA


Telegram | Facebook | Instagram
696 views14:25
Open / Comment
2020-11-29 16:46:55 ​​Ayni paytda Koreya va Yaponiyadagi holat.
Koʻzgudagi biz.
Kinoya.


Mayli sheʼrim dersiz safsata,
Lek bir holat qalbimni tildi,
Qarang qanday goʻzal falsafa,
Choʻchqa goʻshti yemasang boʻldi.

Qizlar bilan qilu aysh-ishrat,
Pulni shunday ishlarga ishlat,
Lek unutma sen buni faqat,
Choʻchqa goʻshti yemasang boʻldi.

Doʻstlar bilan maishat qil har kech,
Tiling yana boʻlsin bir qarich,
Kunda aroq pivolarni ich,
Choʻchqa goʻshti yemasang boʻldi.

Yana biroz qattiqlab betni,
Yana qachon koʻrasan chetni,
Boʻrillatib chak sigaretni,
Choʻchqa goʻshti yemasang boʻldi.

Birov bilmas, gazni bosaver,
Gunohlarni yor-yor yoraver,
Tungi klubga ham boraver,
Choʻchqa goʻshti yemasang boʻldi.

Oʻzbeklarni shilsang shilginu,
Aldab pulni qilsang qilginu,
Bir biringni goʻshting yeginu
Choʻchqa goʻshti yemasang boʻldi.

Tarki odat amri maholmi,
Choʻchqa xarom bular halolmi,
Tur yoʻqol-a? shuyam savolmi?
Choʻchqa goʻshti yemasang boʻldi..

Bahodir Iskandarov

#LirikChekinish

#YaponiyaSadosi

Yaponiyaga haqida yanada ko'proq
https://t.me/joinchat/AAAAAFAYITyPrvHdJNsAOA
674 views13:46
Open / Comment