Get Mystery Box with random crypto!

Men bir qizni sevaman (yani yoqtiraman). U ilmga tashna, yaxsh | HeartCouncil_Uz

Men bir qizni sevaman (yani yoqtiraman). U ilmga tashna, yaxshi, muloyim qiz. Yaxshi munosabatdamiz. U A sinfda, men B sinfda oʻqisak ham koʻz koʻzga tushganda, koʻrishganda munosabatlarimiz yaxshi.

Unga nisbatan hozirgi his qilayotgan hissiyotlarimni bir-ikki yil oldin ham his qilardim. Ammo hislarimni aytmadim. Haligacha.

Balki, oldinlari hali yoshmiz/yoshman, hozirdan bu narsalar yaxshi emas degan boʻlsam, hozirgi kunda 11-sinf boʻlsam ham nimadir koʻnglimni orqaga tortayapti.

Ochiqroq gapiradigan boʻlsam, u hozir ham menga yoqsa-da ammo koʻzimga u hunukroqdek koʻrinayapti. Yani unchalik ham chiroyli emasdek.

Undan chiroylisini sevib qolsam, unga ham oʻzimga ham yomonlik qilib, uni tashlab ketsam - nima boʻladi, bu yoqlarini ham oʻyla deyayapti bu koʻngul :)

Qisqasi: u yaxshi, odobli, ilmga tashna, yaxshi dunyoqarashli qiz.
Va unchalik ham chiroyli emasdek goʻyo va boʻyi ham unchalik uzun emas. A mening hayollarimda boʻyi uzun qizlar chiroyli koʻrinadi.

Uni yoqtiraman.

Ikkilanayapman. Yuqorida aytganim kabi yoqtirsam ham minuslari va pluslarini hisob-kitob qilyapti u qizning, yuragim.

Shunga maslahat soʻramoqchiydim) u qizga sevishimni aytaymi, yoki yoʻq?

Boshqa ijtiomoiy tarmoqlardagi profillarimizni kuzating