Get Mystery Box with random crypto!

Assalomu alaykum!!! Men hozirda 17 yoshdaman. 10-sinfligimda r | HeartCouncil_Uz

Assalomu alaykum!!! Men hozirda 17 yoshdaman. 10-sinfligimda repetitor darslariga qatnashishni boshladim. Ya'ni ingliz tilidan. Repetitorda o'zim tengilarim va abituryentlar ham bor edi. Ichida X ismli bola bor edi. Uni xurmat qilardim. Ko'p jaxlimni chiqarardi. Lekin men indamasdim.Boshqalar jaxlimni chiqarsa gapirardim aynan X ismli bolaga gapirmasdim. Vaqt o'tgan sari unga qanday ko'ngil qo'yganimni bilmay qoldim. Ammo o'ziga yaxshi korishimni aytmaganman. Uni telefoni bor edi muzika eshitishga rasmlarini ko’rishga berar edi. Galareyasida bir qiz bn tuwgan rasmini ko'rdim. Va keyinchalik men u qizni sevgan qizi bo'lsa kerak debo’ylab ham qoldim. Repetitor darslarimiz may oyida tugadi. Bu voqea o’tgan yili bo’lib o’tgan.Shu bn repetitordagilar hammamiz tarqalib ketdik. Keyin orada uni raqamini tanishlardan izladim. Topolmadim. Shu bn esimdan chiqardim. Vaqt o'tdi keyin topdim. Kamiga qishda topdim nomerini. Telefon qildim. O'zim ekanligimni aytdim. U o'qishga kantraktga kirgan ekan. Xullas toshkentda ishlar edi hozir ham ishlaydi. Biz ikkimiz telefonda ko'rishib gaplashib turardik. U meni yoqtirib qoganini aytdi. Men ishonmadim va o’ziga ham aytim ishonmayman deb. ,,Men bitta gapiraman’’ dedi gaplari qat'iy edi lekin . Xullas shu paytgacha gaplashib keldik.Bir kuni qarasam meni telegramda ,,Блок’’ qilibdi.Men unga telefon qilolmadim.Raqamiga
telefon qilsam yonida bollar ovozi eshtildi. Men unga gapirdim u javob qaytardi lekin yonidagi bollar ham menga gap otdi. Nega ular menga gapiryapti telefon baland ovozdami desam u yo'q shunday eshitilyapti dedi. Keyin ,,Yonizdagilar chiqib ketsin’’ desam u bollarni yoniga o'zi kegan ekan. Karta o'ynayotgan ekan. Yonidagi bollar aytdi.
X ismli bolaga o'ziz gapiring faqat boshqalar gapirmasin desam u menga shunday yomon gaplar gapirdi. Xullas o'zinga ................ shunaqa bollarni topasan dedi. Gaplashishimizni boshida unda ko'nglim yo'q edi. Keyinchalik unga ishonib ko'ngil qo'yayotganimda shunday bo'ldi. Bugun ham telefon qildim lekin javob bermadi aksincha rad javobini bosib qo'ydi. Sms ham yozdim javob qaytarmadi..
Endi men nima qilay???
Men u o'ylaganchalik yomon yo'lda yuradigan qiz emasman. Uni o'zi ham biladi. Xullas men unga shunday gaplarni gapirishim kerakki u shunday qilgan qilig'iga tovba qilishi kerak. Namoz o'qiydi. Lekin shunga ham hayronman namoz o'qisa bu o'ynagan kartasi bilan gunoh emasmi?
Lekin men uni karta o'ynaydigan odam deb ham o'ylamagandim.
Javoblaringiz uchun oldindan rahmat


Boshqa ijtiomoiy tarmoqlardagi profillarimizni kuzating