Get Mystery Box with random crypto!

Assalomu alaykum. Ismim sir bòla qolsin. Yoshim 21 da. Univers | HeartCouncil_Uz

Assalomu alaykum. Ismim sir bòla qolsin. Yoshim 21 da. Universitetda òqiyman. Sentabr oyining boshida menga telegram orqali bir yigit boģlana boshladi. Telefon qildi. Men uni chornega solib qòydim. Telefonlariga javob bermadim. Shu zayilda kunlar òtdi. Yigitni eshita boshladim. Keyin bilsam u yigit meni òqishga tayyorlagan domlani yaqin qarindoshi ekan. 1997 yil ekan. Diplomatiyani bitiryotgan tagli tugli yaxshi oilani farzandi ekan. U menga meni yaxshi kòrishini menga uylanmoqchi ekanligini aytdi. Menga sovchi yuborishdan oldin meni bir kòrishi kerakligini aytdi. Men rozi bòldim. Nimaga rozi bòlganimni bilmayman. Qandaydir bu yigitga mehrim tushib qolgandi. Uning dunyoqarashi gap sòzlari umuman boshqacha edi. Òqimishli ekanligi bilinib turardi. Uchrashuvga chiqdim biz bir birimizga yoqdik. U uyimga sovchi yubordi. Lekin dadam qizim hali yosh deb ularga rad javobini berdi. Men esa u yigitni yoqtirib qolgandim. Oyimga dadamni kundirishi kerakligini iltimos qildim...oyim meni kònglimga qaradi. 5 yo 6 marta kelishlarida bazur rozi bòldi dadam. Fotiha qildik. Hammasi yaxshi ketayotgan edi. Men baxtli edim. Lekin nimagadir yigitim òzgarib qoldi..tez tez urushadigan bòldik..eng yomoni u menga shilqimlik qila boshladi...men u narsalardan qochardim..u esa mendan xafa bòlardi. Bir kun u menga òzi juda òzgarib qolganligini betamiz qiliqlar chiqarganini unga vaqt kerakliginj meni kòrsa shunaqa bòlishini aytib qoldi. Mendan malum vaqtgacha kòrishmaslikni umuman gaplashmaslikni sòradi. Bilishimcha uni òqishga(ieltsga tayyorlanamiz ikkimiz ham. Uni imtihoni yaqin) xalaqit beryapman. Men rozi bòldim. U meni telegramdayam òchirib tashladi. Hozir gaplashmayapmiz. Men unga juda òrganib qolganman. Menga qiyin bòlyapdi..bu qachongacha davom etadi bilmayman. Ba'zida mendan ketmoqchimi deb òylab qolaman. Nima qilishga boshim qotdi. Menga qiyin bòlyapdi. Iltimos menga yordam bering Uydagilarimga bu haqda aytolmayman. U meni juda sevishini aytadi. Hammasi meni yaxshi kòrishidan ekan. Sizningcha shundaymi...sevgan odam sevganini yolģiz tashlab qòyadimi shoshildimmi...umr yòldosh tanlashda adashdimmi deb òylab qolaman.Yozda tuyimiz bòladi.

Boshqa ijtiomoiy tarmoqlardagi profillarimizni kuzating