Get Mystery Box with random crypto!

Assalomu Aleykum hammaga. Toshyurak deganda qanaqa insonni tus | HeartCouncil_Uz

Assalomu Aleykum hammaga. Toshyurak deganda qanaqa insonni tushunasizlar?Yillar davomida muzlab borgan qalbni eritish shunchalik osonmikin. Menga nisbatan sening qalbing tosh degan gaplarni kop eshitaman.Odamlarga qancha yaxshilik qilmagin. Baribir ular seni qanaqadir sabab bilan kamsitishadi. 3yoshimda onamdan ayrildim. Qiz bolani hayotida onani o'rni boshqacha ekan. Maktabgacha ammamni qo'lida qoldim. Ular menga qancha qaramasin baribir onani o'rni boshqacha ekan . Ona mehrini ko'rmaslik shunchalik og'ir ekanki hech bir bola onasiz qolmasin.Onaning erkalashlari mehri bolaning kelajakdagi hayoti uchun juda muhim ekan. Maktabga chiqqach otam bilan yashay boshladim. Boshlang'ich sinfda haqiqiy mehrni ustozimdan ko'rdim. Juda yaxshi ayol edilar. Ammo uyga kelsam otamning beparvoligi meni yanada ezardi Tuni bilan yig'lab kimlarnidir qumsab yig'lab chiqardim. Kunlar shunday o'tdi. Birpasta ancha yillar o'tdi. Hali ham bazida onamni qumsab sog'inaman. Bir yigit meni sevardi. Va haligacha . Makabda o'qiyotgan paytimizdan beri. U bilan hech ham gaplashganim yoq. Savol bersa ham qisqa va qopol javob berardim. Chunki uni sevmasdim va haligacha sevmayman. U uchun ham toshyurakliga aylandim ammo haligacha umidini uzgani yoq. Bazi dugonalarim ham toshyurakligimni kop takidlashadi. Tog'ri shirin so'zlar aytib mehrimni bildirolmasman. Lekin mehr hamma qalbda bo'ladi.Inson tushunilishga muhtoj bolarkan.Tog'rida ular qayerdan ham bilsin. Onasizlik ularni boshidan o'tmagan. Lekin ularning har bitta mehrsizsan degan gaplari qalbimga judayam og'ir botardi. Ularni oldida hech yig'lamasdim va kam kulardim ham kamgapman. Qancha harakat qilib ko'rdim shirin so'zlar aytishga mehrimni bildirishga ammo boshqalar uchun toshyurakligimcha qoldim. Qalbimdan o'tayotganlari faqatgina o'zim va Allohga malum. Ba'zan sog'inch hissi ustunlik qilib Allohim meni o'zing va onamni oldiga olib ket deyman.Keyin esa o'zimga kelib " Kuchli bo'lishing kerak. Hali hammasi oldinda seni tushuna oladigan inson albatta keladi deb o'zimni ovutaman. Chunki ishonaman bir kun kelib meni chindan barcha kamchiliklarim bilan sevib o'sha muz qalbimni eritadigan insonni Alloh albatta menga beradi. Ammo hozirgi vaziyatimda kundan kunga bu hayotdan uzilib qolayotgandekman. Oxirgi marta kim bilandir to'yib suhbatlashib,kimnidir yelkasi boshmni qo'yib yig'laganim esimda ham yo'q balki umuman bo'lmagandir hsog'inch va mehrsizlik kundan kunga meni hissiz insonga aylantirayotgandek Nima qilsam ekan? Tushuna olmayapman atrofimdagilar shunchalik ko'r bo'lib ketishayaptimi yoki men shunchalik hissizmanmi? Yoki o'zimdan o'zim ular xohlagandek Insonga aylanishimni talab qilishyaptimi?

Boshqa ijtiomoiy tarmoqlardagi profillarimizni kuzating