Get Mystery Box with random crypto!

Assalomu alaykum ismim sir bo'lib qolaqolsin 23 yoshdaman.To'g | HeartCouncil_Uz

Assalomu alaykum ismim sir bo'lib qolaqolsin 23 yoshdaman.To'g'ri hali sinfdoshlarimni ko'pchiligi turmushga chiqishmadi institutlarda o'qishyabti.Lekin meni kelajagim juda qattiq tashvishlantiryabti chunki haligacha yigitim yo'q.Ko'nglimga yoqqan yigit chiqmayabti.Rostini aytsam o'tgan yili yor yor ko'rsatuvini ko'rib boshlaganli beri 30 dan o'tib ketgan haligacha turmushga chiqmagan qizlarni ko'rib juda qo'rqib qolganman.O'zimni o'zim tinchlantirish uchun hali yoshsan endi 23 ga chiqasan deb o'zimga o'zim taskin Berardim.Hech kim ko'nglimga yoqmayabti shunga nima maslahat berasizlar?! O'zimdan 3 yosh kichkina ukam bor, hali 19 yoshda endi 20 ga kiradi.Ukam halitdan uylangisi kelib uydagilarga uylantir deb aytib yuribti.Meni tashvishlantirayotgan narsa ukam uylanib uyga kelin olib kelib o'tirsa meni ko'rolmidiganlarga juda qo'l keladi.Hech kim meni yoshligimni meni tengdoshlarimni ko'pchiligi hali turmushga chiqmaganini aytmaydi ,ukam uylanib kelin kelib o'tirganini aytishadi odamlarni juda yaxshi bilaman odamlar juda dilozordirlar.Rostini aytsam o'zimni hali turmushga chiqqim yo'q yana 2-3 yil yurgim keladi.Ukamni ertadan uylangani meni aybim emasku !!! Ukam juda uylanishga mukkasidan ketib qolgan uydagilarga meni uylantir deb har kuni boshini yeyabti.Dadam ham ukamga ko'p nasihat qilib ko'rdi o'g'lim biz seni yoshingda uylanishni o'ylamadik faqat ilm olishni o'yladik deb mana men ham 26 yoshda uylandim uylanishga shoshilmaslik kerak desayam vapshe gapga tushunmayabti.Mana bugun 22-aprel bugunam men o'qishga ketganimdan keyinam ertalabdan abetgacha meni uylantiringlar deb oyimni boshini yebti.Qisqasi oyim ham ukamni keyingi yillari uylantirgisi kelib o'tiribti.Rostini aytsam yuragim notinch har kuni tushimda ukamni uylanganini ko'raman ertalab uyg'onib ketdim astag'furullo Hudo saqlasin deyman.Kelgan kelin menga ozor berishidan juda qo'rqaman chunki erta turmush qurganlarni ko'pchigi hammani o'ziga o'xshab erta chiqishini hohlashadi erta chiqmay ilm olib o'qib yurganlarga hasad qilishadi.Oyimdan ham juda ko'nglim qoldi faqat o'g'lini o'ylaydi.Buni uylantirsam ertaga qizimga psixologik zarba bo'lmaydimi deb hecham o'ylamayabti.Har kuni duolarimda ukamga insof ber, uylanish fikridan qaytsin ilm olishga ishtiyoq ber deb duo qilyabman.To'g'risi ko'nglimdagi yigitam chiqmayabti gling o'zimga mos emas qalang'i qasang'ilar chiqyabti.Men hayotimni barbod qilib duch kelganiga tegib ketolmaymanku menga qanday maslahat berasizlar?!

Boshqa ijtiomoiy tarmoqlardagi profillarimizni kuzating