🔥 Burn Fat Fast. Discover How! 💪

Sevgi... Ajoyib so‘z! Shirin tuyg‘u, bu so‘zni qancha tarifla | HeartCouncil_Uz

Sevgi...
Ajoyib so‘z! Shirin tuyg‘u, bu so‘zni qancha tariflasak kam. Sevgini biz
yoshlikdan faqat sevgan inson yani juft misolida ko‘ramiz. Lekin sevgining bir nechta turlari mavjuddir, bular Eng avvalo ollohga bo‘lgan sevgi, ota onaga bo‘lgan sevgi, hayotga bo‘lgan sevgi va boshqalardir. Hozirda sevgidan kuygan insonlar milionlab desa adashmagan bo‘laman, qayerga qarama siqilish, yigiti tashlab ketgan yoki qizi tashlab ketgan insonlar talaygina, qo‘shiqlar ham dardlarga munosib tarizda yozilmoqda, eng kulguli joyi shundaki hali maktabda 2 baho olsa yig‘lab yuradigan bolalar ham sevgidan kuyishgan, nega shu kuygan insonlar o‘ylab ko‘rishmaydimikan uni ko‘rmasidan oldin ham yaxshashganku! Insonlar ko‘pincha o‘rganib qolishni sevgi bilan adashtirishadi. O‘rganib qolish bilan sevib qolishni unchalik katta farqi sezilmasada lekin bular boshqa boshqa narsalardir, o‘rganib qolish asosan extiros jihatidan paydo bo‘ladi, o‘pish quchoqlash va yana boshqa boshqa narsalardir. Sevish esa yo‘qotishdan qo‘rqish, doimiy ahvolini bilish, u bilan birga kelajakni reja qilish, uni hafa qilmaslikka harakat qilish, uni tabassumini har kun ko‘rishni orzu qilish demakdir... Men ijtimoiy tarmoqlarda bir video ko‘rip qoldim, unda shunday so‘zlar bor edi. "Meni qo‘limdan hamma narsa keladi, sevish, sog‘inish, kutish, agar qadrimga yetmasa unitish ham" chiroyli jumla lekin bu gapni 6-sinf o‘quvchisi aytsa juda kulguli bo‘lsa keraka, afsuski shunday!
Oramizda ona suti og‘zidan ketmay turip sevgi deya kuyib o‘zini
o‘ldirayotganlar kam emas. Nega o‘zimizni o‘ldirish shunchalik osonmi,
nega qo‘rqmaymizmi og‘riqdan, nargi dunyodagi savol javobdan, shu
yoshgacha hech kimdan kam qilmay o‘stirgan ota onamizni tashlab
ketishdan. Shuncha yil yashab eng shirin damlar kelayotgan lahzalardan.
Buni aytish oson deganlar ham bo‘lgan, to‘g‘ri bu og‘riqni aytish his
qilmaganlar uchun osondir. Lekin bu degani jufti tashlab ketsa hayot
tugadi degani emas. Bir inson ketsa ikkinchisi albatta keladi. O‘smirlik
yoshidan to uylangunga qadar yoki uylangandan keyin ham qizlar bilan
gaplashish hozirda hammamiz uchun oddiy holat! Qizlarda ham shunday
ular faqat kuyguvchi emas, ular ham tashlab ketadi, sevadi, kuyadi.... Lekin baribir taqdirga yozilgani bo‘ladi. Insonlar juda qattiq sevganlari bilan bir onda hammasini unutishi, undan bir zumda nafratlanishlari mumkun... Bu huddi aqilga sig‘masdek ko‘rinishi mumkun lekin bu haqiqat. Inson sevish kerak chunki sevgi davolovchi yagona xarajatsiz davodir... Biz doim o‘z extijoylarimizga qarab juft tanlaymiz, shunga o‘xshashini topamizu lekin vaqt o‘tip undan ajralishimiz kerakligini tushunamiz va yana qidirishni boshlaymiz! Toki nikohgacha qidiraveramiz qidiraveramiz qidiraveramiz. Oxiri turmush qurip bundan afsuslanamiz yoki baxtli bo‘lamiz! Sevgi bu aslida o‘lish kabidir. Bir inson uchun jon berishga tayyorlik, u uchun boridan kechmoqlik va eng asosiysi u uchun o‘z qoidalariga o‘zgartish kiritishdir. Bu juda qiyin! lekin buni qilmoqlik haqiqiy sevgini keltirib chiqaradi. Bizning mamlakatimizda bunga faqat ayollar majburdir deb o‘rganilib qolingan. Bu noto‘g‘ri tushuncha!!! Gender tengligi bizga noodatiy bo‘lsada bunga 70foiz bo‘lsada amal qilmoq darkor. Erkak kishi o‘z ayolini hurmat qilmog‘i unga cho‘ridek emas o‘z yarim vujudi sifatida qarashi kerak shunda ayol u bilan birga ekanligidan baxtiyor bo‘ladi va u uchun har narsaga tayyor inson sifatida shakillanadi. Mana shu haqiqiy sevgidir....

Lazizbek Lapasov