Get Mystery Box with random crypto!

. Tadbir boshlanib, barcha bitiruvchilar maydonga s | HeartCouncil_Uz

.
Tadbir boshlanib, barcha bitiruvchilar maydonga saf tortib, chiqa boshlashdi...Mening esa hamon sherigim yo‘q... Bir vaqti bizning sinf chiqishini e‘lon qilishdi... Yon atrofimga qaradim, men bilan sherik bo‘lishga boshqa sinfdoshim qolmagan edi...Tartib bilan birin-ketin chiqa boshladik. Noiloj, bir o‘zim saf o‘rtasida ketib borardim. Ba‘zilar menga qarab, hayron bo‘lishgan, ba'zilari esa ko‘rib kulgusini to‘xtatolmas edi. To‘g‘ri-da Sening sinfingda 25 ta qiz o‘qiydi-yu sen bo‘lsa yolg'iz bo‘lib maydonga chiqsang...
Men yolg'iz holda maydonni aylanib, sinfimiz joylashgan qatorga borib turdim. Biroz fursatdan so‘ng mening sherigim yetib keldi. U tinmay uzr so‘rar, ataylab qilmadim deb menga yolvorish nigohida boqardi. Men esa o‘zimni hech narsa bo'lmagandek tutib, undan uzr so‘ramasligini, ....hechqisi yo‘q bo‘lib turadi... deb aytdim O‘zi umringda maktabni bir marta bitirasan-u, shunda ham bunaqa beo'xshov holatda qolsang-a?!, g‘alati bo‘larkansan.

O‘sha kuni bu voqeani esdan chiqarib yubordim, chunki aynan o‘sha kuni mening tug‘ilgan kunim edi. Tadbir tugab barchamiz yig'ilib, sinfdoshimizning uyiga bordik, mening mehribon opajonim men uchun tort tayyorlagan edi, uni olib sinfdoshimning uyiga borib, mazza qilib bayramni nishonladik. Kech bo‘lib, barchamiz uy uyimizga tarqalar ekanmiz, unga yana bir bor qarab olib, ko‘zidagi xursandchiligini ko‘rib, quvondim...Haaa... bu ko‘zlarga boqib turib, g‘arq bo‘lish hech gap emas....Uni shu yozda so‘nggi bora ko‘rayotgan edim...

Keyinchalik barchamiz katta hayotga qadam qo‘yib, kimdir kollejga, yana kimdir akademik litseyga tahsil olgani ketdik. Men Samarqandga litseyda o‘qish uchun ketdim. Sinfdoshlarimdan faqat do‘stlarim bilangina aloqada edim. Uni juda sog‘inardim.... qaniydi yana bir bora ko‘rsam... qaniydi o‘sha gulday yuzlariga, mayus kulib turgan ko‘zlariga termulsam... qo‘ng‘iroqday jarangdor ovozini tinglasam.... qaniydi...lekin bizni oramizda olis olis masofalar bor edi....

Ancha vaqtlar o‘tib litseyni tamomlab uyga qaytdim. Oliygohda o‘qish uchun hujjatlarimni topshirdim. Lekin o‘sha yili imtihonlardan yiqildim. To‘g‘risi bilimim yaxshi edi, lekin menga kuch bag'ishlab turgan, ko‘proq izlanishimga sababchi bo'lgan, meni ilhomlantirib turgan o‘sha ilhom parisi yonimda yo‘q edi. Aynan u sabab boshqa bilimlarni chuqur o'zlashtirgan edim, lekin u bilan xayrlashgandan so‘ng o‘qishga bo‘lgan qiziqishim bir pog'ona bo‘lsada pasaydi. Uydagilarning daldasi sabab, men endi jiddiy shug'ullanishga kirishdim, agar o‘qishga shu yili ham kira olmasam, alamimni Armiyadan olishga ahd qildim.

Erta-yu kech qo'limda kitob bilan tirishib mehnat qilardim. Tinmay bir kitobni yakunlasam, boshqasini olib o‘qib, o'rganib, yana zum o‘tmay yakunlab, yana tag‘in boshqasini olib, shu zaylda kunlarimni o‘tkazardim. Ota-onamning do‘st-u dushman, yor-u birodarlari oldida yuzlari yorug‘ bo‘lishini istardim. Qolaversa o‘zim ham do‘stlarimning "O‘qib nima qilasan... ketkizganing vaqt bo‘ladi..Umring o‘tib ketdi...Armiyaga borsang bo‘lmaydimi" kabi so‘zlari bilan yuzim shuvit bo‘lishini istamasdim....

Qahraton qish kunlarining birida, kursdan qaytayotgan paytim, negadir ko‘nglim qadrdon maktabim ko‘chasiga burilishga undadi. O‘sha eski, o‘nqir-cho‘nqir, maktab bolalari bilan to‘lgan, men doim maktabga shoshadigan jonajon ko‘cha. Ehhee...Bu qadrdon ko‘chada nimalar bo‘lmagan deysiz. Deyarli 10 yillik umrim shu ko'chada o'tgan. Ko'chadan yurib turib, eski xotiralar yodga tusha boshladi. Yodimda, bir paytlar qalin qor yog‘gandi. U paytlar men sinf sardori edim. Maktabdan qaytishda sinfxonani qulflab, kalitini o‘zim bilan uyga olib ketdim. Ertasi kuni, do‘stlarim bilan maktabga ketayotganda, o‘yinqaroqlik qilib sinfxona kalitini qayergadir tushirib qoldirib, yo‘qotib qo‘yganman. O‘shanda o‘qituvchimiz meni rosa koyigandi . Endi seni klasskomlikdan olaman deb qo‘rqitgandi. Men sababli bolalar sinfxonaga kirolmay kutib o'tirishgan. O‘sha vaqtda topqirligim bilan lavozimimni saqlab qolganman ..

davomi bor...