🔥 Burn Fat Fast. Discover How! 💪

Darrov qayerdandir magnit topib kelib, kalitni izlay ketganman | HeartCouncil_Uz

Darrov qayerdandir magnit topib kelib, kalitni izlay ketganman. Aynan o‘sha vaqtlarda, menda fizikaga bo‘lgan o‘zgacha qiziqish uyg‘ongan edi. Magnitga metall tezda yopishishi hayolimga kelib, qor ustidan 10-15 daqiqa yurgizdirib, kalitni qidirganman va topganman , shundan so‘ng, o‘qituvchimiz menga ortiq sinfxona kalitini ishonmaydigan bo‘lgandi. Klasskomlik lavozimida esa yana 2 yil qolgan edim .....

Eski xotiralarim bilan bo‘lib, birpasda maktab yaqiniga kelib qoldim. Tanaffus vaqti...Maktab hovlisi gavjum.... Bolalalar qiyqirishib, qorbo‘ron o‘ynashayapti... Ularni kuzatib o‘tar ekanman, o‘sha yangi yil kunlari sinfdoshlarimning uyimiz yonida qorbo‘ron o‘ynashgani-yu, qalbim egasining bolalarcha beg‘ubor, zavqqa to‘lib toshib quvongani ko‘z oldimga keldi:


....... SENI SOG‘INIB ........

Turardim hammadan barvaqt , ertalab,
Shoshardim maktabga seningla tomon,
Boqardim tikilib va ma‘yus tortib,
Maktab oynasidan ko‘changa tomon.

Miyyamda aylanar ming xil fikrlar,
Go‘yo ozgina bir xavotir bordek,
Kutardim hamon men ko‘changa boqib,
Suluv sevgilimni ko‘rarmanmi deb.

Shunda qandaydir bir nur bo‘lib paydo,
Ko‘rindi ko‘chaning boshi tarafdan,
Kelardi jilmayib, xush kayfiyatda,
Mening suyukligim, maktabga tomon.

Ko‘rib yurakginam urib ketar tez,
Qalbimda ajib his urardi tug‘yon,
Ichimga sig‘masdim xursandchilikdan,
Yana bir kun uni ko‘rarkanman deb.

Seningla bir muddat suhbat qurmoqchun,
Izlayman turli xil bahonalarni,
Sendan menga faqat shudir keragi
Eshitay deyman men hur ovozingni.

Zorman sening aytgan shirin so‘zingga
Bu qaro ko‘zingga, lobar yuzingga
Har birin yuragim tubiga qadab,
Nayzadek sanchilgan kipriklaringga.

Termulib, bu shaxlo ko‘zlarga boqib,
G‘arq bo‘lish hech gapmas qalb ummoniga,
Bilmadim nelar bor ummon qarida
Bunchalar sirlidir, buncha sehrli...

O‘tkazib har tunni sog‘inchla bedor,
O‘ylardim seni men suriblar hayol,
Ko‘z oldimdan ketmas tabassumlaring,
Yoqimli qarashing, shirin so‘zlaring...

Esimda...
Esimda bir kuni, qahraton qishda,
Borardim maktabga, hayolimda sen.
Osmondan tushardi beg‘ubor bir par,
Go‘yo sokin kuyga hamohang o‘ynar.

Butun olam burkangan oppoq orzuga,
Hayollar bezagi bugun o‘zgacha,
O'zgachadir kishi ko‘zida nurlar,
Olamga boqardi sevinchla qalblar.

Mana shunday ajib va go‘zal onda,
Maktab hovlisida ko‘rdim o‘zingni,
Beg‘ubor kularding zavqlanib, shodon
Do‘stlaring bilan sen o‘ynab qorbo‘ron

Kuzatib turardim seni bir chetdan,
Ko‘zlarimga sendan o‘zga ko‘rinmas,
Sen bo‘lsa o‘ynarding hamon beparvo,
Bu dunyo o‘zga-yu, sen o‘zga dunyo.

Mana oradan ham o‘tdi ko‘p fursat,
O'tdi ancha muncha oylar-u yillar.
Maktab ko‘chasidan o‘ta turib men,
Ko‘zim tushar maktab hovlisi tomon.

Yana o‘sha beg‘ubor...Qahraton fasl...
Bolalar qiyqirib o‘ynar qorbo‘ron.
Men esa bir kulib ham boqib turib,
Yodimga olaman SENI SOG‘INIB... ... ..

davomi bor...