🔥 Burn Fat Fast. Discover How! 💪

. Bir yil hash pash deguncha o‘tib ketdi. Elakni | HeartCouncil_Uz

.
Bir yil hash pash deguncha o‘tib ketdi. Elakni suvdan ko'taradigan vaqt kelgandi. Imtihon kunlariga yaqin qolgan... Ota-Onam men uchun tinmay duoda. O‘zim ham hayajonlanardim, faqat va faqat muvaffaqiyat qozonishni Allohdan so'rardim. Imtihonga 3 kun qolganda, men uchun favqulodda xursand qilarlik holat bo‘ldi. Uyimizga bir sinfdoshim kelib, to'yiga taklifnoma tashlab ketdi va hamma sinfdoshlar bahonada yig'ilib, ko‘rishishimizni aytdi. Judayam xursand bo‘ldim. Yaxshi bo‘ldi, ko‘rishmaganimizga ham ko‘p vaqtlar bo‘lgan edi. Imtihon haqidagi o‘ylarim bir pasda g‘oyib bo‘ldi. Hayolimda faqat uni o‘ylardim. Hozir qanday ekan? Nimalar bilan band?... U ham kelarmikan?.. Xullas, shu kabi savollar boshimda aylandi.

Sinfdosh do‘stlarim bilan yig‘ilishib, to‘yga bordik. Hamma jam-ul jam, ko‘pchilik sinfdoshlar anchagina o‘zgargan, ba‘zilari esa o‘sha-o‘shaligicha qolgan. Biroz vaqtdan so‘ng u ham keldi....Ko‘rib yuragim tez urib ketdi... ...Hali ham o‘sha-o‘sha.. ... Hech ham o'zgarmagan...O‘sha mayin tabassum... ... O‘sha sirli...sehrli.. ..farishtaniki misol qora ko‘zlar... Bir birimiz bilan ko‘rishganimizda vaqt go‘yo to'xtab qolganday bo‘lib, bir birimizdan bir muddat ko‘z uzolmay qoldik. O‘sha vaqtda ichimdan o‘tkan hislar o‘zim va Yaratganga ayon, xolos....

Keyin stolga o‘tirdik, sinfdoshlarning suhbati qizg'in tus oldi. Har kim o‘zi haqida nimalar bilan band ekanligi, kim qayerda o‘qiyotganligi-yu, qayerda ishlayotganligi haqida so‘rab surishtirib, suhbatlashdik. Bir birimiz bilan bo‘lgan maktabdagi eski voqealarni esladik. O‘sha kuni vaqtimizni chog‘ o‘tkazdik. To‘y ham tugab, yana qachondir yig‘ilishib, ko‘rishishga kelishdik...

Uyga qaytib keldim. Kech bo‘lgandi. Sira uyqim kelmas. Yana uni o‘ylab, tunni ham bedor o‘tkazdim. Ertalab esa imtihon vaqti kelgandi. Ota-Onamdan duolarini olib, imtihonga jo'nadim. Menda avvalgiday hayajondan asar ham yo‘q, go‘yo qayergadir g‘oyib bo‘lgandi. Men ham bundan ajablanmadim. Imtihon boshlanib, savollar kitobini qo'limga oldim. Bilmadim, balki bu omaddir, yoki boshqa sababi bormi, savollar shu darajada sodda ko‘rinardiki, uch soatga mo‘ljallangan imtihonni atigi bir yarim soatda ishlab chiqdim. Savollarga tog‘ri javob berganimga ishonchim komil edi. Balki, kecha uni ko‘rganligim sababli u menga kuch bag‘ishlagandir. Ertasi kuni imtihon javoblarini intiqlik bilan kuta boshladim. Imtihonda to'plangan ballni eshitib bir oz hafsalam pir bo‘ldi. Uydagilar menga hammasi yaxshi bo‘ladi deya ko‘nglimni ko‘tarishardi. Imtihon natijalari chiqquncha ancha vaqt bezovta bo‘lib yurdim. Keyin birin ketin natijalar e‘lon qilina boshladi. Bir oz ko‘rishga qo'rqdim. So'ngra Allohga tavakkal deya natijamga qaradim.... Alhamdulillah... O‘qishga kiribman... Grandga... Mehnatlarim samarasi o‘zini oqladi. Ota-Onam ham juda xursand bo‘lishdi. Bu onlar mening hayotimdagi yuksak pillapoyalardan yana biriga ulkan qadamni qo‘yganim bilan tarixga muhrlandi.

Talabalik oltin davrim, meni qarshila!

davomi bor...