Get Mystery Box with random crypto!

'Iskanja' Omina Shenliko'g'li 'Baxt ulashing' dan keyingi k | Unique’s world

"Iskanja"
Omina Shenliko'g'li


"Baxt ulashing" dan keyingi kitob. Voqeani hikoya qilayotgan kishi holatini tasavvur qilish juddalar oģir
Yoki man o'ta ta'sirchan yoki asar juda ta'sirli)

Omina Shenliko'g'li kitoblarini o'qiganlar his qila oladi. Boshida tarixga oid bo'lsa kerak deb o'yladim. Haaa, biz tarixdan o'qigan inqilob haqida gap ketgan.

Ushbu asarda, kommunizm iskanjasi qurboniga aylangan bir Uyg'ur millatiga mansub musulmon oilasining qismati yoritilgan. Kommunizm niqobi ostida millatning, yoshlarning ongiga ma'naviyat, madaniyat deb dinsizlik g'oyalarining singdirilishi, xalqni o'zligidan, milliy va diniy ildizlaridan judo qilish jarayonlari ifodalab berilgan. Asarda bir oila, uning a'zolari boshidan o'tgan fitna va qiynoqlar misolida butun boshli millatning chekkan dard-u, alam-iztiroblari yoritilgan.


P.S. Ancha vaqtdan keyin yana o'sha jonajon kutubxonamga kelib dars qilish, kitob o'qish nasib qildi), ilohim davomli bo'lsin!

#currently_reading
#iskanja #fourthbook_in_august