🔥 Burn Fat Fast. Discover How! 💪

#kitobda_tagiga_chizibõqilgan_satrlar 'Ona yuragi... bolasi b | Unique’s world

#kitobda_tagiga_chizibõqilgan_satrlar

"Ona yuragi... bolasi bilmasa ham boshqacha uradi."

"Bir narsani ko'rish uchun faqatgina ko'zlarning o'zi yetmas ekan. Bilim, idrok va hayot tajribasi ham kerak bo'larkan."

"Zolimning qo'lida qiynalayotgan odam dinsiz bo'lsa ham, Islom o'sha odamni qiynoqdan qutqarish uchun harakat qilishga buyuradi."

"- Bilasizmi, insonning ko'z o'ngida qutqarmoqchi bo'lgan insoni qiynoqqa solinayotgan bo'lsa, bu qiynoqqa solingan odamdan ham ko'proq qarshi tarafdagi odamni jonini og'ritadi."

"Dushmanga bo'lgan adovatingiz, ularga adolatsizlik qilishingizga sabab bo'lmasin!"

"...Ba'zi o'rinda so'z kumush bo'lsa, sukut oltindir. Ba'zi o'rinda ikki ham befoyda."

"Til qalbdagi narsaning teskarisini aytishi mumkin, lekin ko'zlar bu borada qalbga yaxshi bog'langandir."

"Zero, Islom aqidasiga ko'ra, hech bir narsada xosiyatsizlik yo'q. Odamga yaxshi kelmagan narsani qilgan insonlar va makonlar bor. Lekin, yaxshi kelmaslik bilan xosiyatsizlik boshqa boshqa narsalardir..."


Iskanja
Omina Shenliko'g'li