🔥 Burn Fat Fast. Discover How! 💪

Bir necha oy oldingi Isroil va Falastin oʻrtasidagi nizolar da | Амру маруф

Bir necha oy oldingi Isroil va Falastin oʻrtasidagi nizolar davrida Falastinliklar oʻrnatilgan Isroil hukumatining bayroqlarini tirmashib olib tushib, oʻrniga Falastin bayrogʻini oʻrnatishganiga guvoh boʻlgan edik. Vatanparvarlik. Bayroq oʻrnatilgan yerda oʻsha bayroq davlati hukmronligini anglash mumkin. Oʻrnatilgan bayroqni uzib olish esa hukumatga qarshilikni anglatadi. Toʻgʻri, buni hamma ham anglamaydi.

Kecha oʻzimiznikilar ham bayrogʻimizni uzib olib shaxar aylantirgan videolari tarqaldi. Yangilik emas, har yil shunday boʻlib kelyapdi. Ularning niyati hukumatga qarshi boʻlish emas, shunchaki ularning farosati bayroqni pastlatish hurmatsizlik ekaniga yetmaydi. AQShda Niagara sharsharasida, Istambulda koʻprikda, Dubayda Burj al-Halifada ramzimizni koʻrdik. Strategik sheriklarimizga #respect. Bayroqni uzib olgan tengdoshlarimizga esa hech qanday negativ bildirmayman. Ularga hech kim aytmagan, ular patriotizmning choʻqqisiga chiqqan shedevrlar. Keyingi yil albatta ular bayroq sotib olishga pul topishadi . Yoki Yangi Oʻzbekiston yiliga bir kun ixlosmandlarga bepul bayroq beradi... Bayroqni simyogʻoch koʻtargandan shedevrlar koʻtargani, ulovida aylantirgani maʼqul. Stolbaga ildirish stereotipidan voz kechsak, zarar koʻrmaymiz. Oʻzbeklar butun dunyo boʻylab topiladi. Lekin hammasida ham bayroq yoʻq. Oson yechim sifatida sotib olishsin deyish mumkin, biroq men bayroq sotadigan savdogarni hozirgacha koʻrmadim. Chet elda tajriba olish niyatim ham bor. Mustaqillik bayrami arafasida bayroq sovgʻa qilishsa, chetda ham oʻzim bilan faxrimni koʻtarib yurardim... Bu gapim markazda yashovchilarga erish tuyuladi. Sababi, markazda poligrafiya, yetkazib berish xizmatlari doim xizmatda. Bizning hududda printer topish muammo...// IMHO

@HidoyatYo'li