Get Mystery Box with random crypto!

Judayam to'g'ri gapirdilar. 10 ta 20 tasi bilan ko'rishib, u y | Husanproduction

Judayam to'g'ri gapirdilar. 10 ta 20 tasi bilan ko'rishib, u yoqmadi, bu yoqmadi deyish oson. Lekin o'sha qiz tomonni ko'ngli og'rib qoladi, o'zidan kamchilik qidirishni boshlidi, ruhiy tushkunlikga tushib qolishi ham mumkin. Huddi siz idealdek birovni farzandini unaqa ekan, bunaqa ekan deyish yahshi emas. Ertaga sizni ham ko'nglingizni sindirib qo'yishadi boshqasi. Bu bilan duch kelganiga uylanib keting demoqchi emasman. Okamiz etganlaridek taklif qilingan qizni o'zingiz kuzating, siz erkaksiz ahir. O'zingiz surishtiring, u qizga siz uylanasiz, ammangiz yoki xolangiz emas. Rasmi bo'lsa ko'ring, uni tanidiganlardan so'rab surishtiring, o'zini ham kuzating. Maqul bo'lgandan keyin uchrashsez maqsadga muvofiq bo'lardi. Lekin u qiz sizni tanlamasligi ham mumkin. Siz erkaksiz, buni to'g'ri qabul qilib, yo'lingizda davom etishingiz kerak. Yoki oxirigacha kurashing. Keyin ammangiz yoki xolangizdan qiz so'rashni bas qiling, namozlaringizda Allohdan soliha juft berishini so'rang. Agar loyiq bo'lsangiz, Alloh sizni O'zi soliha bilan birlashtirib qo'yadi. (Bu gaplar hammaga tegishli emas)

@husanproduction