🔥 Burn Fat Fast. Discover How! 💪

Amr ibn Os raziyallohu anhu Muoviya raziyallohu anhuning huzur | Husanproduction

Amr ibn Os raziyallohu anhu Muoviya raziyallohu anhuning huzuriga Oisha ismli qizchasi bilan kirdi. Muoviya: Bu kim? – dedi. Shunda Amr: Bu qalbimning mevasi. Allohga qasamki, hech kim bemor bo‘lganingda parvarish qilishda, o‘lganingda ortingdan yaxshiliklar bilan eslashda, maxzun vaqtingda yupatishda qizlarchalik bo‘lmaydi, dedi.

Otalarning o‘z qizlariga bo‘lgan muhabbatlarini ta’riflashda Payg‘ambarimiz sallallohu alayhi vasallamning o‘z qizlari Fotima raziyallohu anho haqida aytgan gaplaridan go‘zalrog‘i yo‘q: “U mening bir bo‘lagimdir. Uni shubhalantirgan narsa meni shubhalantiradi, unga ozor bergan narsa menga ozor beradi”.