Get Mystery Box with random crypto!

Undan: - Nega ayolingni bu qadar sevasan? - deb soʻrashdi. Ded | Ibodat.uz Ибодат.уз

Undan:
- Nega ayolingni bu qadar sevasan? - deb soʻrashdi.
Dedi:
- Chunki u, dunyoning HURI,
Jannat nafasi,
Koʻzlarimni qoqishdan ham qizgʻonaman uni.
Chunki uni koʻrishlikdan meni mahrum etadi.
Uyqudan rohatsizlanaman, chunki meni undan toʻsadi.
Eshitish menga yoqimli boʻlgan narsani eshittiradi.
Mendan esa, menga aytishi mahbub boʻlgan narsani tinglaydi.
Ayblarimni oʻzim bilaman, lekin u, ularni koʻrmaydi.
Mendagi qusur, uning rizosi ila komil boʻladi.
Uning koʻzlarida men oʻzimni qudratli pahlavondek koʻraman.
Hukm qilmayman. Lekin men, Shohman.
U menning satrim, suhbatdoshim, quvonchim, u yaxshi damlarda yonimda boʻlsa,
Qaygʻuli kunlarda ham, men bilan birga.
Ikki holatda ham u shukr qiladi.
Dunyo meni holdan toydirganida, menga dunyoda uning borligi kifoya.
Yoʻqligimda mening sharafimni asraydi. Oʻz iffatini muhofaza qiladi.
Tahorat suvi bilan oʻzini xushboʻy qiladi.
Koʻzlariga Qurʼonga nazar solish - la, surma suradi.
Uning tili shirin...
Chunki u zokira.
Uning qalbi shirin...
Chunki u xoshiʼa (Allohdan qoʻrqadi).
Uning kaftlari, barmoqlari koʻp tasbih qilganidan juda ham yumshoq.
Uning yonoqlari juda nurli. Chunki u koʻzyoshli.
Agar sajda qilib tursa, xuddi quyosh kabi porlaydi.
Rukuʼ qilib, qomatini rostlasa, qalbim boʻstonida chiroy ochgan gul kabi...
Men undanman..
U mendan...
U mening ikkinchi yarmim deb aytolmayman...
U mening ikkinchi barcham...

#Ummu Abdulloh tarjimasi

@alamiy_uz