🔥 Burn Fat Fast. Discover How! 💪

​​#Qabul2022 #Statistika 2022-2023-o‘quv yili uchun ro‘yxatdan | Talabaiuz

​​#Qabul2022 #Statistika
2022-2023-o‘quv yili uchun ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar soni haqida ma’lumot (2022-yil 1-iyul 18:00 holatiga)

my.dtm.uz saytida ro‘yxatdan o‘tgan (telefon raqamini avtorizatsiyadan o‘tkazgan) abituriyentlar soni — 218 694 nafar. Shundan:

Ta’lim yo‘nalishlarini tanlaganlar: 99 071 nafar (45 %);
Taʼlim yo‘nalishlarini tanlamaganlar: 119 623 nafar (55 %).

Tugatgan ta’lim muassasasi ma’lumotlarini kiritganlar — 110 219 nafar. Shundan:

59 192 nafari — joriy yil bitiruvchilari;
51 027 nafari — avvalgi yillar bitiruvchilari.

Ta’lim yo‘nalishlarini tanlagan abituriyentlarning doimiy yashash hududi bo‘yicha taqsimoti:

Toshkent viloyati — 12 671 nafar.
Samarqand viloyati — 11 028 nafar.
Farg‘ona viloyati — 9 634 nafar.
Andijon viloyati — 9 214 nafar.
Qashqadaryo viloyati — 8 794 nafar.
Toshkent shahri — 8 744 nafar.
Surxondaryo viloyati — 7 491 nafar.
Namangan viloyati — 6 160 nafar.
Jizzax viloyati — 5 000 nafar.
Buxoro viloyati — 4 680 nafar.
Sirdaryo viloyati — 4 373 nafar.
Navoiy viloyati — 4 269 nafar.
Xorazm viloyati — 4 084 nafar.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 2 928 nafar.

Dtmuzb

P/S: Qiyin bo'lmasa reaksiya qoldiring )

Barcha abituriyentlarga ulashing!

@AbituriyentlarTM | Batafsil https://t.me/+QOz0r6L8w8A5ZDI6