Get Mystery Box with random crypto!

Useful IELTS Listening: SECTION 4 UCHUN MASLAHATLAR Juda ko | IELTS service

Useful

IELTS Listening: SECTION 4 UCHUN MASLAHATLAR

Juda ko'pchilik uchun listening qismida section 4 o'ziga xos qiyinchiliklarni kasb etadi va ko'p hollarda aynan shu muammo yuzasidan mendan maslahat so'rashadi.

Maslahatim g'alatiroq tuyilishi mumkin, lekin o'quvchilarimga section 4 haqida unchalik ham qayg'urmasliklarini ta'kidlab kelaman. Buning o'rniga, biz boshqa section lar ustida ko'proq ishlaymiz. Agarda siz 1-3 section larda yaxshi natijaga erishsangiz, section 4 dan yuqori ko'rsatkich unchalik ham kerak bo'lmaydi.

• Section 1 uchun 10 ta to'g'ri javob

• Section 2 uchun 8 ta to'g'ri javob

• Section 3 uchun 7 ta to'g'ri javob

• Section 4 uchun 5 ta to'g'ri javob

Ko'rib turganingizday, ja'mi 30 ta to'g'ri javob 7 ballni tashkil etadi, lekin buning uchun section 4 dan bizga atiga 5 ta to'g'ri javob kerak bo'ladi.

Source: IELTS Simon

Kanal adminidan qo'shimcha: bu maslahat faqat listening qismidan 7 olishni mo'ljallayotganlar uchun (7+ uchun emas)!

#useful