Get Mystery Box with random crypto!

Both/either/neither so'zlarining qo'llanishi both/either/ne | IELTS_With_Masters9✅

Both/either/neither so'zlarining qo'llanishi

both/either/neither olmoshlari faqat ikkita shaxs yoki predmet uchun qoʻllaniladi .

Quyidagi misollarda bu olmoshlarning otlar bilan ishlatilishiga e'tibor bering.
We went to two restaurants. Both restaurants were excellent. (Biz ikkita restoranga bordik. Ikkala restoran ham a'lo edi....koʻplikdagi ot va fe'l)
You can go to either restaurant. (Ikkalasidan xohlagan biriga borishingiz mumkin...birlikdagi ot)
Neither restaurant was expensive. (Ikkala restoran ham qimmat emas edi....birlikdagi ot va fe'l )

Bu olmoshlar savollarga javob sifatida qoʻllanishiga e'tibor bering.
I see you have two books, which book can you give me? (Men koʻryapmank,i sizda ikkita kitob bor. Men qaysisini oʻqishim kerak?)
Both. I have already read them. (Ikkalasini ham. Men ularni allaqachon oʻqiganman.)
Either. (unisi yoki bunisini, lekin birini)
Is he British or American? (U britaniyalikmi yoki amerikalikmi?)
Neither. He is Italian. (Ikkalasi ham emas. U italiyalik.)

Bu olmoshlar both/either/ neither of +(my / the / these ) + noun qurilmasida ham qoʻllaniladi. Bunday vaziyatlarda ularning qoʻllanishi quyidagicha boʻladi.
Both of these books are written by A. Christie.
I didn't like either of the films.
Neither of my brothers is/are married.

Yuqoridagi ikkinchi misolda either soʻzi inkor gaplarda 'ikkalasi ham emas' degan ma'noni bildiradi. Inkor gaplarda both soʻzini qoʻllab boʻlmaydi.

Yuqoridagilardan xulosa qilamizki, both olmoshi har doim koʻplikdagi fe'l bilan darak gaplarda, either boʻlishsiz fe'l bilan inkor gaplarda, neither boʻlishli fe'l bilan lekin inkor ma'no ifodalab qatnashadi.

Bu olmoshlar bog'lovchi sifatida ham qoʻllanishi mumkin, unda ular quyidagicha juftlanadi.

both … and - ham … ham
Both European and oriental languages are taught at London University.
either … or - yo … yo
Either you apologize or I will never forgive you.
neither ... nor - na … na
Neither Tom nor Ann wants to leave school.

either … or va neither … nor bog'lovchilari gap egalarini bog'lab kelganida fe'l ikkinchi, ya'ni fe'lga yaqin turgan ega bilan moslashadi.
Either Tom or his friends are coming to the party .
Neither the Wilsons nor I am happy about the new billing system.

either soʻzi ikki tomonli predmetlar uchun qoʻllanilganda har ikki tarafda/ikkala tarafda ham degan ma'noda qoʻllaniladi.
There were a lot of trees on either side of the road. (Yoʻlning ikkala tarafidan ham koʻp daraxtlar bor edi)
Grammarnotes


Our channel
Sizlar uchun maxsus